Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Muxlis maqolasi: «Xalq jamoasi»

Muxlis maqolasi: «Xalq jamoasi»

Baho:
+ | -

"Har bir mamlakat futbolini bosh jamoasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Milliy terma jamoa o‘yinini ko‘rib, mahalliy chempionat yoki shu yurt futboli saviyasi to‘g‘risida bir qancha tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Fikri ojizimizcha, bizning futbolimiz ko‘zgusi ham, usiz millionlar o‘yinini tasavvur etib bo‘lmaydigan ishongan jamoasi ham «Paxtakor»! Terma jamoamiz tarixiga nazar tashlab va oxirgi oylardagi tarkibini ko‘rib «sherlar» va MTJ o‘rtasidagi ajratib bo‘lmas bog‘liqlikni ko‘rasiz va beixtiyor «Paxtakor» - omad yo‘li, «Paxtakor» - o‘zbek futbolining boru-yo‘g‘i degan to‘xtamga kelasiz."

«Paxtakor» muxlislari tribunada o‘tirgancha suyuklilariga (yaxshi yoki yomon reaksiyada) «qichqirib» o‘tirishmaydi. Hatto qandaydir sababga ko‘ra stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar ham. Axir foydalanadigan saytida sharhlash - kommentariya bor! O‘yinga bo‘lgan munosabatini mana shu qo‘lidagi ovunchog‘i orqali bildiradi. Ha, ular internet orqali o‘yinga «joziba» berib turishadi. Bu tariqa qo‘llab-quvvatlash (qo‘lida telefoni bo‘lgan) zaxirada o‘tirgan futbolchilarni ruhlantirib tursa kerak. Aslo maydondagilarni emas.

OAVning barcha turlari - televideniYE, radio, qo‘yingki veb-saytlar poytaxtimizda, jurnalistika tili bilan aytganda, qaynoqroq ishlaydi. Ushbu sohaning boshqa viloyatlardan ko‘ra ravnaq topib, faoliyati yashnayotgan shahri bo‘lmish - mamlakatimiz markazidagi futbol ishqibozlari shu OAVning kuchi o‘laroqmi, stadionga borishni havas qilmaydi. Bevositasidan bilvositasini afzal hisoblashadi chog‘i. O‘zlarini urintirib, ovora bo‘lib borishning nima mantig‘i bor? Maroq bilan tribunada o‘tirib tomosha qilay desa... O‘sha futbol, o‘sha o‘yin, o‘sha «ta’minlangan» g‘alaba-da... Yuqorida tilga olingan xabarlardagi «qaynoqlik» o‘zi aslida yo‘q.

Futbolimizga oid berib borilayotgan xoh onlayn, xoh yakunlangan uchrashuvlarning ko‘pida ehtirosli vaziyatlar bo‘lmaydi deyarli. Jurnalistlar «qalbi kemtik» muxlislarni shu yo‘l bilan uchrashuvni stadionga borib ko‘rmaganiga afsuslantiradigan matnli translasiyalarni «uyushtirib» berishadi. Endi esa o‘ylang, qay bir tarzdagi muxlislik «paxtakor»chilarni futbolga qiziqishda ushlab turibdi? Albatta g‘oyibonasi. Boshqacha aytganda, bilvosita muxlislik.

Biz Toshkentning «xalq jamoasi»ni avvalgi shoni qandayligini bilib, hozirgisiga kuyungan holda avaylab «bir nima» qoralashga urinib ko‘rdik. Bu jamoa bilan taqdiri o‘xshash «shishirilgan» jamoalar - «Bunyodkor» va «Lokomotiv» esa alohida mavzu.

Futbol - millionlar o‘yini. Bu iborada urg‘u shu sport turining millionlab ishqibozlariga berilganmi yoki futbolda aylanayotgan pullargami, degan savolga «Paxtakor» klubi qanday javob berishini bilmaymiz. Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Toshkent jamoasi qaysi muxlislar uchun o‘ynaydi? Uy uchrashuvlaridagimi yoki safar? Yoki internetdan foydalanuvchilar uchun maydonga tushayotgandir? Yo‘q, yana topa olmadingiz. Ular terma jamoada o‘ynash uchun to‘p suradilar. Menimcha, «sherlar» futbol shiorlarini o‘zlariga moslab o‘zgartirib olishlari kerak. Shunda mantiqsizlik ko‘zga tashlanmaydi. Umuman olganda, legioner bo‘lish va shaxsiy rivojlanish - «Paxtakor» o‘yinchilarining asosiy motivasiyasi hisoblansa kerak.

«Paxtakor»ni nechuk «xalq jamoasi» deb ataymiz? Bu klub shunchaki viloyat jamoasi emas. Oliy liga uchrashuvlarini sharhlab borayotganda, maydondagi jamoalarni tanishtirayotganimizda klublarimizning nomini quruq aytmay Qarshining «Nasaf» jamoasi, Farg‘onaning «Neftchi»si, yoki Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi deya joy nomi bilan tilga olamiz. Shunday paytlarda Toshkentning «Paxtakor» klubi deya xitob qilinganda, bu jamoaga hurmat yuzasidan Toshkentning emas, xalq jamoasi «Paxtakor» deb tanishtirsa ham yarashaveradi, degan fikr o‘tadi xayolimizdan. Chunki ular tashrif buyuradigan yurtimizdagi har qaysi jamoa stadioniga mahalliy muxlislar tashrifi shu kuni odatdagidan ikki barobarga ortadi. Ba’zida esa tomoshabinga liq to‘ladi. Mana nimaga uy uchrashuvlarida atigi bitta sektorigina band bo‘ladigan jamoa baribir qadrli sanaladi! Chunki unga xalq muxlislik qiladi.

Biz viloyatliklar «sherlar» ishtirokidagi uchrashuvlarni televideniye orqali namoyish etishsa xursandchilik bilan ko‘ramiz. Ha, shunday, o‘z uyidagi uchrashuvlarda zerikib qoladigan, muxlislari yo‘qlashni paysalga soladigan jamoani baribir, xalq jamoasi deb atayveramiz.

Hikmatullo Ishakov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:07, 17.02.2017.
O'qildi: 12109 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.