Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Myunxenda «tiki-taka»dan voz kechishga olib kelgan 4:0 endi uni qaytarishga sabab bo‘ladimi?

Myunxenda «tiki-taka»dan voz kechishga olib kelgan 4:0 endi uni qaytarishga sabab bo‘ladimi?

Baho:
+ | -

«Barselona» har doim ham 4:0 hisobida yutqazavermaydi. Bu 2013 yilda Myunxenda Chempionlar Ligasi yarim finalida sodir bo‘lgandi, yana 2017 yilda Parijda takrorlandi. «Alyans Arena»dagi 4:0 hammani shokka tushirgandi, zero bu o‘ziga xos uslub bilan barcha sovrinlarni qatorasiga yutib kelayotgan va futbolni o‘zgartirib yuborgan jamoa edi.

Bu mag‘lubiyat, keyin «Kamp Nou»dagi javob o‘yinida qayd etilgan 0:3 hisobidagi yana bir mag‘lubiyat ushbu jamoaning yakuni edi. Jamoadagi shaxslarning emas, balki o‘yin falsafasining yakuni edi. «Barsa» Yupp Xaynkessning tezkor va jismonan kuchli «Bavariya»si tomonidan yanchib ketilgach, «tiki-taka»ga rasman yakun yasaldi.

O‘sha mavsum oxirida jamoa bosh murabbiyi Tito Vilanova saratondan davolanishni davom ettirish uchun iste’foga chiqdi, uning o‘rnini esa dastlab Xerardo Martino, 2014 yilda Luis Enrike egalladi. Hozirgi murabbiy o‘zining dastlabki mavsumida trebl, ikkinchi mavsumida esa Ispaniyada dubl qayd etgan bo‘lsa-da, bu butunlay boshqacha uslub edi.

Endi esa Enrike o‘zining eng quyi darajasida turganga o‘xshamoqda. Chempionlar Ligasi nimchorak finali dastlabki o‘yinida «PSJ»da uchralgan 4:0 hisobidagi mag‘lubiyat kataloniyaliklar uchun yana nimaningdir yakuni bo‘lishi ko‘p aytilmoqda.

Hozirda «Barselona» o‘zining fantastik hujum uchligi – Messi, Suares va Neymarning o‘yiniga juda bog‘liq. 2008-2012 yillarda Pep Gvardiola murabbiyligidagi jamoaning asosi bo‘lgan «tiki-taka» va yarim himoyadagi pozitsion o‘yinga asoslangan uslubning faqat bir qismigina qolgan.

Xavi, Inyesta va Busketsdan iborat bo‘lgan «Barselona»ning eng kuchli chizig‘i hozirga kelib eng muhim emas, shunchaki oddiy chiziqlaridan biriga aylangan. «Park de Prens»da esa MSN ham hech narsa qila olmagach, «Barselona»ni sharmandali amg‘lubiyatdan hech narsa qutqara olmadi.

Yozda «Barselona» bilan shartnomasi tugaydigan Enrike iyun oyida haqiqatan ham jamoani tark etadiganga o‘xshab turibdi. Bu «Barselona» uchun o‘zining haqiqiy kuchi qayerda ekanligi haqida mulohaza yuritish uchun yaxshi imkoniyatdir. Murabbiylik kursisini kim egallashidan qat’i nazar, to‘p uzatishlarga asoslangan falsafani qaytarish orqali «Barselona»ga xilma-xillikni qaytarishi mumkin.

Shunday ekan, 4 yil oldin Myunxenda uchralgan 4:0 hisobidagi mag‘lubiyat «tiki-taka» va unga asoslangan pozision o‘yinga yakun yasab bergan bo‘lsa, endi yana shunday mag‘lubiyat uni qaytarishga sabab bo‘lishi mumkin.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 21:26, 17.02.2017.
O'qildi: 11023 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.