Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Futzal bo‘yicha U-20 Osiyo chempionatiga 30 mart kuni qur’a tashlanadi

Futzal bo‘yicha U-20 Osiyo chempionatiga 30 mart kuni qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -

Tarixda ilk marotaba o‘tkaziladigan 20 yoshgacha bo‘lgan futzalchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi 30 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Marosim Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Grand Fourwing Hotel mehmonxonasida o‘tkaziladi. Jamoalar 2016 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etgan natijalariga ko‘ra 5 ta savatchaga ajratiladi.

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 1-savatchadan joy oldi. Shuningdek, mazkur savatchada Eron, Tailand va Vyetnam yoshlar termasi ham joylashgan.  

Jami 21 terma jamoa to‘rtta guruhga bo‘linadi. Bitta guruhda 6 ta, uchta guruhda 5 tadan jamoa pley-off bosqichi uchun kurashadi. Har bir guruhda 1–2 o‘rinlarni egallagan jamoalar chorak finalga yo‘l oladi.  

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati 2017 yilning 9–21 may kunlari Tailandda o‘tkaziladi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:34, 18.02.2017.
O'qildi: 8027 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик