Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Men Ronalduni almashtirdim, bunga ishona olasizmi?

Men Ronalduni almashtirdim, bunga ishona olasizmi?

Baho:
+ | -

1 aprel sanasida «Suonsi» «Midlsbro» mehmoni bo‘ladi. Agar hech narsa o‘zgarmasa (biz 86 kun ichida ikki murabbiyni ishdan bo‘shatib yuborgan klub haqida gapiryapmiz), unda katta menedjerlarning ikki sobiq assistenti - Aytor Karanka (Mourinyo davrida Madridda yetarli tajriba to‘plagan) va Pol Klement  (Karlo Anchelotti bilan «Chelsi», «PSJ», «Real» va «Bavariya»da malakasini oshirgan) o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishadi. Agar vaziyatga bunday baho berilishi sizga yoqmayotgan bo‘lsa, unda boshqacha tushuntiramiz: «Real»ning sobiq o‘yinchisi suttonlik sobiq jismoniy tarbiya muallimiga qarshi chiqadi.

Ular bungacha chempionshipda ham ro‘baro‘ kelishgandi. Karankaning «Midlsbro»si Klementning «Kaunti derbisi»da durang o‘ynagandi. Polni «o‘z Fergyusoni» sifatida ko‘rmoqchi bo‘lgan shaxs esa 19 bahsning birida mag‘lubiyat va yettitasidagina bir g‘alaba qozongan xolda Derbida bor-yo‘g‘i 7 oy faoliyat ko‘rsata oldi, xolos, 

Dekabrdagi ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qaror Pol Klement jamoasi jadvalning 5-pog‘onasida borayotganida yangradi. Ha, mustaqil faoliyatning ilk tajribasi kutilganidek tamomlanmadi, ammo hozircha vaqt bor va fursatdan foydalanib, Klementning «Mur Farm»dagi ofisiga nazar tashlashga harakat qilamiz. Ishonchimiz komilki, «Kaunti» menedjerining kabineti juda ham dabdabali emas va u Brayan Klaff davridan beri xo‘jayin bilan unchalik ko‘p ham muloqot qilmagan.

Shunday qilib, ishga kirishamiz. Mana, Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramosning liboslari va ularga obrigado va gracias degan so‘zlar tushirilgan. Bu yerda esa, «PSJ»ning futbolkalari ilib qo‘yilgan - ularga Bekxem va Ibragimovich familiyalari yozib qo‘yilgan. Zlatan bu yerda ham o‘zini ko‘rsatgan, ya’ni marker bilan quyidagi so‘zlarni bitgan: «Ajoyib inson va a’lo darajadagi murabbiyga, hatto siz ingliz bo‘lsangiz ham». Faqat liboslarning bittasidagina hech qanday yozuv yo‘q. Ammo u Klement uchun o‘ta muhimga o‘xshaydi. Bu futbolkani uning otasi - Deyv kiygan, futbolchi «Kuinz Park Reyndjers» sharafini 500ga yaqin uchrashuvda himoya qilgan va Angliya termasida ham o‘zini ko‘rsatgan.

Polning otasini jasadini topishganida u 10 yoshda edi. Bola og‘ir depressiyaga tushib qoldi va qumursqalarga qarshi dorini ichib barchasiga nuqta qo‘ymoqchi ham bo‘ldi.

Polning kichik ukasi «Vest Bromvich»dagi o‘yinlari bilan o‘zini ko‘rsatdi, ammo ko‘p o‘tmay to‘p tepish unga xos emasligini anglab yetdi: yaxshisi, futbolchilarga murabbiylik qilgani ma’qul. Klement ham 23 yoshga to‘lganida shunday qarorga keldi. Keyin esa, karyeradagi kutilmagan tezlashish: «Chelsi»ning yoshlar bo‘linmalaridan biridagi vazifa, u bu yumushni London yaqinidagi maktablardan birida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi sifatida ishlash bilan birga olib bordi. So‘ng, Brendan Rodjers kompaniyasida, «Fulxem» akademiyasida UYEFA lisenziyasini olish, Irlandiya yoshlar terma jamoasiga ko‘maklashish va yana «Chelsi»ga qaytish. Yana nima deyish mumkin? Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi sifatidagi faoliyati haqida gapiraylikmi? Klementning o‘zi o‘sha davrga juda yuqori baho beradi: «Bu tajriba keyingi faoliyatimga poydevor vazifasini o‘tadi: tashkilotchilik, rejalashtirish, turli uslublardagi o‘qitishni tushunish, muloqot qilish imkoni. Bularning barchasini men murabbiylikka olib keldim».

Norvegiyalik hakam Tom-Xenning Evrebe - butun hayotiga teng keladigan bahsni o‘tkazayotgan, Andrea Inyesta esa eng yaxshi ikki zarbasining biriga tayyorgarlik ko‘rayotganida, «Chelsi» o‘rindig‘ida Gusom Xiddink bilan birga Pol Klement ham ma’yus o‘tirardi. Gollandiyalik Londonga qilgan qisqa missiyasi davomida «ko‘klar» uchun juda ko‘p ijobiy ishlarni amalga oshirdi, ular sirasiga Klementni o‘z yordamchilaridan biri sifatida e’tirof etganini ham qo‘shish mumkin. Xiddinkning o‘rniga vaqtiki kelib Karlo Anchelotti keldi - u esa Pol uchun sayohat tartibini joriy qildi. U asosiy tarkib bilan birga Amerikaga mavsumoldi tayyorgarligiga yo‘l oldi va Anchelottida o‘zi haqida ijobiy fikr uyg‘otishga ham muvaffaq bo‘ldi (bunga Klement astoydil urinmagani va bor-yo‘g‘i, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshishga harakat qilgani aniq. Buni u zaxiradagilarni tayyorlashga qaytishga uringani ham isbotlaydi). Mazkur juftlik birinchi mavsumda premyer-liga va Angliya kubogida g‘olib bo‘ldi.

Klement va Anchelottining do‘stlik va hamkorlikdagi faoliyati 7 yildan so‘ng o‘z mevasini berdi va 4ta katta klublarni olib keldi. Aynan shu narsa Ronaldu, Garet Beyl, Zlatan Ibragimovich, Tyago Silva, Devid Bekxem, Jon Terri, Frenk Lempard, Robert Levandovski va yana boshqa o‘nlab oddiy  va bir qarashda ko‘zga tashlanmaydigan insonlarni yulduzlik darajasiga olib chiqdi. Yana nima deyish mumkin... Ramosning Lissabondagi buyuk golimi? Ha-ha, ular o‘shanda birinchi qatorda edilar va hammasini a’lo darajada ko‘rishgandi.

Karlo va Pol uchun yagona fojia bor. Anchelotti Parijga Klementdan tashqari, «Chelsi» shtabidan bo‘lgan yana ikki inglizni ham chaqirdi. Ulardan biri - Nik Broud Londonda o‘zini yangilikka intiluvchanligini ko‘rsatdi. Haqiqiy gik sifatida bir necha ilmiy-texnik revolyusiyani amalga oshirdi - mashg‘ulot maydonida GPS tizimini tadbiq etish orqali o‘yinchilarning taomlanishiga yangicha qarashni yaratdi. Nik «PSJ»da ham taxminan shunday faoliyat bilan mashg‘ul edi.

Yanvarning qorong‘u oqsholaridan birida Broud Klementga qo‘ng‘iroq qildi va unga avtomobili buzilib qolib, trassada to‘xtashga majbur bo‘lganini aytdi. Nik yordam kerak bo‘lib qolsa qayta qo‘ng‘iroq qilaman deganicha go‘shakni qo‘yib qo‘ydi. Ularga gaplashish boshqa nasib qilmadi: Broudning yo‘l chetida turgan Minisiga boshqa avtomobil kelib urildi va Klemantning 38 yoshli do‘sti kasalxonada - komadan chiqmagan holda vafot etdi. O‘shanda «PSJ» liga mutasaddilaridan «Bordo»ga safarni qoldirish haqida o‘tinib so‘radi, ammo chinovliklar qaysarlik qilib bu iltijoga «yo‘q» deb javob qaytarishdi. Qayg‘udan ich-etini yeyayotgan Klement va Anchelotti start hushtagi oldidan o‘rindiqda o‘tirisharkan, ko‘z yoshlarini tiyisholmasdi. Ko‘p o‘tmay esa ular Parij delegasiyasi tarkibida Londonga - ko‘mish marosimiga yo‘l olishdi. «Nik fantastik darajadagi yigit edi, hayratlanarli darajada iqtidorli, futbolni futbol qiladigan insonlardan sanalardi. U bilan uchrashuv meni maydonda va undan tashqaridagi murabbiylik to‘g‘risidagi qarashlarimni o‘zgartirdi», - deb hikoya qiladi Klement.

«Chelsi»ning ichki iyerarxiyasidagi karyerasi to‘g‘risida gapirarkan, Klement bularning barchasi oson bo‘lmaganini ta’kidlaydi: «U-16 jamoasi, yosh, zahiradagi va, nihoyat, «Chelsi»ning birinchi klubi. Bu pozisiyalarni bir klubda bosib o‘tish oson bo‘lmagan - odamlar sening timsolingda hamon yoshlar murabbiyini ko‘rayotgandek tuyulardi... Nima bo‘lganda ham, Gus Xiddink va Karlo Anchelotti menda qandaydir iqtidorni topishganini anglash juda yoqimli». Pol hech qachon mustaqil ishlash istagi borligini yashirmagan va yangi ish joyiga yopishib oladigan odam ham emas.

Alal-oqibat nima qiyinroq bo‘lishi  esa hozircha noma’lum - fransuzcha va ispanchani o‘rganishmi, Zlatanga xatolarini ko‘rsatishmi yoki «Suonsi»ni APLda qoldirish - ammo Klement tarixdan boshladi. «Men Ronalduni almashtirgandim, bunga ishonasizmi? - dedi Pol jilmayganicha birinchi matbuot anjumanida. - Karlo «Real»dagi so‘nggi uchrashuvimizda diskvalifikasiya qilingandi. Biz «Xetefe» bilan o‘ynadik va men Krishtianuni ikkinchi bo‘limda o‘yindan olishni maqsad qildim. Biz bunga tanaffusda kelishib oldik. Men shunday dedim: «Krish, biz seni qaysidir daqiqada almashtirmoqchimiz». U o‘rniga kim maydonga tushishini so‘radi. Men Edegorni maydonga tushirdim va bu uning debyuti bo‘ldi. «Suonsi»ning almashtirilayotgan o‘yinchilari boshlarini irg‘asharkan, men quyidagilarni aytishga haqliman: «Men Krishtianu Ronalduni almashtirganman, shunday ekan, seni ham almashtirishim mumkin».

Hammasi o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Klementning ligadagi birinchi uchrashuvida «Suonsi» futbolchilari o‘z darvozalariga ikki bor to‘p kiritib qo‘yishgandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:45, 24.02.2017.
O'qildi: 27895 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.