Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Kosmin Olariu: «O‘zbek klublari o‘z uyida yaxshi o‘yin ko‘rsatadi»

Kosmin Olariu: «O‘zbek klublari o‘z uyida yaxshi o‘yin ko‘rsatadi»

Baho:
+ | -

Ertaga Osiyo chempionlar ligasining 2-turiga start beriladi. "Lokomotiv" o‘z maydonida BAAning "Al-Ahli" klubini qabul qilmoqda. Uchrashuvdan oldin matbuot anjumani tashkil etildi. Uning dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Kosmin Olariu va Maketi Diop futbolchi ishtirok etishdi.

Kosmin Olariu:
— Ertaga qiyin o‘yin kutib turibdi. Boisi, har ikkala jamoa uchun bu bahs muhim ahamiyatga ega. "Lokomotiv" birinchi turda yutqazib qo‘ygan bo‘lsa-da, bu jamoaning saviyasini past deb hisoblamaymiz. "Lokomotiv" o‘z uyida yaxshi o‘yin namoyish etishini bilamiz. Natija har ikkala jamoa uchun muhim. Chempionlar ligasining ushbu mavsumidan yuqori natijalarga erishishni kutyapmiz. Biz g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Maketi Diop:
— Ertangi o‘yin qiyin bo‘lishini kutyapmiz. Sababi uy va safar o‘yinlari bir-biridan farq qiladi. Safarda o‘ynayotganimizga qaramay, o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilishga harakat qilamiz.

— Jamoangiz avvalgi yillarda "Nasaf"ga qarshi o‘yinlarda ishtirok etgan. Bu tajriba klubga ertangi o‘yinda yordam beradimi?
— Albatta, tajriba har doim foydali bo‘lgan. "Nasaf" bilan o‘yinlarni yaxshi eslayman. Qiyin o‘yinlar bo‘lgandi. O‘zbekistonda yangi mavsum boshlanmaganidan xabarim bor. O‘zbek klublari o‘z uyida yaxshi o‘yin namoyish qilishini bilaman. Aytib o‘tganimdek, "Nasaf"ga qarshi o‘yinlardagi tajriba bizga yordam berishi kerak.

— Toshkentga g‘alaba maqsadida tashrif buyurdik deb aytib o‘tdingiz. Bunga himoyaviy o‘yin orqali erishmoqchimisiz yoki hujumkor o‘yin orqali?
— Ha, biz g‘alaba qozonmoqchimiz. Lekin ko‘p narsa raqibga ham bog‘liq. Biz ko‘p narsa xohlashimiz mumkin, biroq hamma gap qo‘limizdan nima kelishida. Nima kelishini esa ertaga bilib olamiz.

— Jamoa ikki yil avval OCHL finaligacha yetib borgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumda musobaqada ishtirok etmagandi. Jamoa ushbu mavsumda ham finalgacha yetib borishi mumkinmi? Jamoaning imkoniyatini qanday baholaysiz?
— Ikki yil birdaniga finalga chiqishni maqsad qilmagandik. Biz qachon turnirda ishtirok etsak, avval guruh bosqichidan chiqishni, keyin esa bosqichma-bosqich harakat qilamiz. Ushbu mavsumda ham shunday reja asosida harakat qilamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:37, 26.02.2017.
O'qildi: 9192 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик