Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

OCHL: 1-tur. Faktlar, raqamlar, statistik ko‘rsatkichlar. Xitoy va Qatar klublari tetik...

OCHL: 1-tur. Faktlar, raqamlar, statistik ko‘rsatkichlar. Xitoy va Qatar klublari tetik...

Baho:
+ | -

OCHLning navbatdagi mavsumi ancha shiddatli o‘yinlar bilan boshlandi. Ha, klublarimizning Saudiya safaridan mag‘lub holda qaytishgani kayfiyatni biroz buzdi. Shunga qaramay, 1-turning alohida faktlari va statistik ko‘rsatkichlari ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak.

22 fevral

«G» guruhi

«Kavasaki Frontale» (YAponiya) - «Suvon Samsung» (J.Koreya) - 1:1 (1:1)

Kavasaki. Kawasaki Todoroki Stadium. 11151 tomoshabin.

Hakam: Ali Hasan Ibrohim Abdulnabiy (Bahrayn).

Gollar: Kobayashi (10) - Shogo Taniguchi (23-avt.).

Eng yaxshi futbolchi: Kobayashi («Kavasaki F.»).

«Guanjou Evergrand» (Xitoy) - «Istern» (Gonkong) - 7:0 (3:0)

Guanjou. Tianhe Stadium. 38631 tomoshabin.

Hakam: Kristofer Bich (Avstraliya).

Gollar: Rikardo Goulart (5), Vang Shan Yuan (22, 84), Liao Li Sheng (33, 47), Alan de Karvalyo (65), Pau­linyo (82).

Eng yaxshi futbolchi: Liao Li Sheng («Guanjou E.»).

-----------------------------------------------

«H» guruhi

«Adelaida Yunayted» (Avstraliya) - «Gamba Osaka» (YAponiya) - 0:3 (0:2)

Adelaida. Hindmarsh Stadium. 5071 tomoshabin.

Hakam: Fahad al Mirdasiy (S.Arabistoni).

Gollar: Nagasavi (21), Konno (45Q1), MsGovan (81-avt).

Eng yaxshi futbolchi: Kurata («Gamba O.»).

«Jeju Yunayted» (J.Koreya) - «Jiangsu Sunin» (Xitoy) - 0:1 (0:0)

Jeju. Jeju World Cup Stadium. 3688 tomoshabin.

Hakam: Alirizo Fag‘oni (Eron).

Gol: Ramires (90).

Eng yaxshi futbolchi: Ramires («Jiangsu S.»).

---------------------------------------------

«A» guruhi

*** «At-Taavun»ning OCHLdagi tarixiy ilk goliga 24 yoshli himoyachi Talal al Absi mualliflik qildi. U 2014 yili «Al-Ittihod» safida ham mazkur turnirda ishtirok etgan va 1ta sariq kartochka olgandi. Al Absi «Lokomotiv»ga qarshi bahsda ham maydonni «sariq»siz tark etmadi.

*** «Lokomotiv» sardori Temur Kapadze OCHLda 6-mavsumini boshladi. E’tiborlisi, u klublar o‘rtasidagi xalqaro turnir doirasidagi o‘yinlarda biror marta ogohlantirilmagan. Umuman, Kapadze OCHLning 29ta o‘yinida qatnashib, 4ta gol urgan.

*** «Al-Ahliy» (Dubay) OCHL doirasidagi 39-o‘yinida 10-g‘alabasini qayd etishdan tashqari, gollari sonini 49taga yetkazdi.

*** «Istiqlol» (Tehron) OCHLda 16-marta mag‘lubiyatga uchradi. Forslar jami 73ta o‘yinda ishtirok etishgan.

«B» guruhi

*** OCHL-2017ning 3ta debyutantidan 2tasi «Istiqlol» H. va «At-Taavun» ilk o‘yindayoq g‘alaba qayd etdi. O‘tgan yili debyut qilgan «Shanxay SIPG» esa turnirni mag‘lubiyat bilan boshlagandi.

*** «Lahviya»ning marokashlik hujumchisi Yusuf al Arabi OCHLda 2-marta «dubl»ga erishdi. Birinchisini 2012 yili «Al-Hilol» safida «Al-SHabab»ga qarshi bahsda nishonlagandi.

*** «Lahviya» 41-o‘yinda 17-g‘alabasini tantana qildi. To‘plar nisbati - 54-56. OCHLda ishtirok etgan jamoalarning umumiy reyting jadvaliga nazar solsak, Qatar klubidan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan jamoalardan faqat «Bun­yodkor»da to‘plar nisbati yomonroq (-12).

«C» guruhi

*** «Al-Ahli» (Jidda) hujumchisi Omar al Somaning OCHLdagi gollari soni 9taga yetdi. U OFK kubogida 13ta gol urgan.

*** OCHLda 73-marta maydonga tushgan «Bunyodkor»ning umumiy statistikasi quyidagicha: 24ta g‘alaba, 21ta durang, 28ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati - 81-93. U turnirda eng ko‘p gol qo‘yib yuborgan 5ta jamoadan biridir. «Qaldirg‘ochlar»dan faqat «Chonbuk Motors», «Al-Ayn», «Paxtakor» va «Al-Hilol» klublarida minus belgili gollar ko‘proq. «Bunyodkor» 2014 yilning 23 aprel kuni safarda Qatarning «Al-Jaish» jamoasini 2:1 hisobida yenggani bo‘yicha OCHL guruh bosqichida g‘alaba qozonolmayapti. Xullas, uning asosiy raunddagi g‘alabasiz seriyasi 13ta o‘yinga yetdi.

*** 22 yoshli Dilshodbek Ahmadaliyev o‘tgan mavsum OCHLda atigi 97 daqiqa o‘ynagandi. «Bunyodkor» vakili joriy yil 2ta o‘yinda to‘liq vaqt harakatlandi - 210 daqiqa. Namanganda tug‘ilgan bu futbolchi oliy liga-2017 davomida kashfiyot himoya­chiga aylansa, ajabmas.

*** «Zob-Ohan»ning o‘yin davomida uncha ko‘rinmay, keyin hisobni ochgan gonduraslik vakili - Jerri Rikardo Bengtson Eron klubi safiga MLSdan qo‘shilgan. Ya’ni u Yevropada o‘ynagan emas. Vaholanki, yoshi 27da.

«D» guruhi

*** OCHLda 2009 yildan e’tiboran ish boshlagan hakamimiz Valentin Kovalenko mavsum-2016 da biror o‘yinga tayinlanmagandi. Umuman, u xalqaro arenaga o‘tgan yilning 19 noyabrida qaytdi. Kovalenko oxirgi marta OCHL-2015 yarim finali doirasidagi «Al-Hilol» - «Al-Ahli» (BAA) bahsida hakamlik qilgandi.

*** «Al-Rayan»ning paragvaylik yarim himoyachisi Viktor Kaseres OCHLdagi debyutidayoq gol urdi. Vaholanki, u joriy mavsum Qatar chempionatida hali o‘z nomiga gol yozib qo‘yganicha yo‘q.

*** 3 mavsumdan buyon «Al-Hi­lol»da to‘p surayotgan Karlos Eduardo OCHLda 5-golini urdi. U shundan 4tasini mavsum-2015da nishonlagandi.

*** «Al-Vahda» sardori Ismoil Matar 1-turda gol hammuallifi bo‘ldi. Butun faoliyati davomida faqat shu klub sharafini himoya qilgan futbolchi OCHLda 3tagina gol urgan.

«E» guruhi

*** «Kashima Antlers» OCHLdagi 39-o‘yinida 21-g‘alabaga erishdi. Yaponiya klublari orasida g‘alabalar soni bo‘yicha birgina «Gamba Osaka»ning natijasi (31ta) «Kashima»nikidan yaxshiroq.

*** «Brisben Roar» negadir Tailand klublarini yengolmayapti - 2ta o‘yin va 2ta durang. «Melburn Siti» esa tay jamoalarini 2 marta mag‘lub etgan.

«F» guruhi

*** «Shanxay SIPG» OCHLdagi debyut mavsumidayoq chorak finalga chiqqandi. Mana, jamoa bu safar J.Koreyadan g‘alaba bilan qaytdi. OCHLda Xitoyning 14ta klubi qatnashgan va Odil Ahmedovning yangi jamoasi o‘yinlar soni bo‘yicha 14-o‘rinda.

*** «Urava Reds»ning joriy mavsumdagi ilk goli muallifi - Shinzo Koroki bungacha turnir o‘yinlarida raqiblar darvozasini jami 10 marta («Kashima Antlers» va hozirgi klubida 5 martadan) nishonga olgandi.

«G» guruhi

*** «Guanjou Evergrand» - «Istern» o‘yinida qayd etilgan 7:0 hisobi Xitoy klublari uchun eng yirik g‘alaba emas. Zero, «Chanchun Yatay» OCHL-2009da Indoneziyaning «Persipura Jayapura»sini 9:0 ko‘rinishida yenggandi.

*** «Guanjou Evergrand» - «Istern» o‘yinida tarixiy voqea yuz berdi. 2015 yilning  dekabridan buyon Gonkong klubini boshqarayotgan Chan Yuen Ting Osiyoda erkaklar o‘rtasidagi xalqaro musobaqa o‘yinida ishtirok etgan ilk ayol murabbiy bo‘ldi.

*** Rikardo Goulart («Guanjou Evergrand») OCHLda 12-golini nishonladi. U shu bilan Xitoy klublari safida o‘ynagan turnir to‘purarlari ro‘yxatida 5-o‘ringa chiqib oldi.

«H» guruhi

*** «Jeju Yunayted» OCHLda 2-mavsumini boshladi. Bu klub 2011 yilgi start o‘yinida ham o‘z maydonida aynan Xitoy vakili («Tyanjin Teda»)ga yutqazgandi - 0:1.

*** «Chelsi»dan 26 mln. yevro evaziga sotib olingan «Jiangsu Sunin» legioneri  Ramires OCHLda o‘z gollari hisobini ochdi.

Hafta qahramoni. «Istern» bosh murabbiyi Chan Yuen Ting 1988 yil 7 oktyabrda Gonkongda tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatida himoyachi va hujumchi pozisiyalarida o‘ynagan. 2015 yilning dekabrida «Istern» boshqaruvini qo‘lga oldi. Klub uning rahbarligida mavsum-2015|2016 yakunida milliy chempionat g‘olibi bo‘ldi. 2016 yili Bi-Bi-Si uni jahonning eng taniqli 100 nafar ayoli ro‘yxatiga kiritdi. Yuen Ting shogirdlari ayni payt ham Gonkong premyer-ligasida peshqadamlik qilishyapti. OCHL startidagi o‘ta yirik hisobli mag‘lubiyatda ayol murabbiyning aybi kam. Zero, «Istern» OCHLga kutilmaganda yo‘l oldi.

2-TUR

«A» guruhi

27 fevral (dushanba)

LOKOMOTIV - AL-AHLI (BAA)

ISTIQLOL T. - AT-TAAVUN

«B» GURUHI

27 fevral (dushanba)

AL-FOTIH - LAHVIYA

AL-JAZIRA - ISTIQLOL H.

«C» guruhi

28 fevral (seshanba)

BUNYODKOR - AL-AYN

ZOB-OHAN - AL-AHLI (S.Arabistoni)

«D» GURUHI

28 fevral (seshanba)

AL-VAHDA - Piruzi

AL-HILOL - AL-RAYYAN

«E» GURUHI

28 fevral (seshanba)

ULSAN XYUNDAY - BRISBEN R.

MUANGTONG YU. - KASHIMA A.

«F» GURUHI

28 fevral (seshanba)

URAVA REDS - SEUL

SHANXAY SIPG - VESTERN SIDNEY

«G» GURUHI

1 mart (chorshanba)

SUVON S. - GUANJOU E.

ISTERN - KAVASAKI F.

«H» GURUHI

1 mart (chorshanba)

GAMBA O. - CHEJU YUNAYTED

JIANGSU S. - ADELAIDA YU.

Mintaqa va milliy chempionatlar bo‘yicha tahlil

Qatar va Xitoy klublari 1-turni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishdi. Janubiy Koreya vakillari esa aksincha, barchani ajablantirishdi. Vaholanki, ular avvalgi mavsumning 1-turida  2ta g‘alaba va 2ta durang qayd etishgandi. Avstraliyaning 3ta jamoasidan birgina «Brisben Roar» yengilmadi. «G‘arb» mintaqasida kutilmaganda, Qatar klublari yetakchilikni qo‘lga olishdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 20:58, 27.02.2017.
O'qildi: 7077 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.