Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Antuan Grizmann: «Kelajak – bizniki!»

Antuan Grizmann: «Kelajak – bizniki!»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann 2016 yil davomida yorqin voqealar aro suzdi, go‘yo. Deylik, futbolchi klubi bilan CHL finali, terma jamoasi safida esa qit’a chempionati hal qiluvchi bahsiga yetib keldiyu, har ikkisida mag‘lubiyat alamiga sho‘ng‘idi. Muhimi, Grizmann ijrosidagi harakatlari jamoatchikka rosa xush yoqdiki, u yil yakunida futbol olamining asosiy individual sovrini - «Oltin to‘p»ga nomzod 3 nafar bosh da’vogar qatorida e’tirof etildi. To‘g‘ri, omadsizlik har qanday holatda ham, insonni tushkun holatga solib qo‘yadi. Biroq Grizmann bunday taqdir oldida  osongina yengilmoqchi emas. Aksincha, u jamoaviy muvaffaqiyatsizliklardan ham o‘zgacha kuch-g‘ayrat olishga urinmoqda.

- Mana, «Atletiko» yana bir bora CHLning hal qiluvchi o‘yiniga qarab ketmoqda. Jamoada o‘tgan yilgi alamli final uchun revansh olish xohishi nechog‘li baland?

- Tabiiyki, xohish-istak katta, albatta. Aslida-ku, avvalgi mavsum shaxsan men uchun anchagina omadli tus oldi. Biroq CHL va Yevropa chempionati finallaridagi muvaffaqiyatsizlik faoliyatimdagi eng katta musibatlar sifatida yodimda qoladi. Aynan shuning uchun ham bu yil yana CHL finalida o‘ynash yo‘lida jon-jahdim bilan harakat qilmoqdaman. Aminmanki, so‘nggi bahsgacha yetib borsak, shubhasiz, bu safar g‘olib jamoa safida bo‘laman.

- Umuman, shu ikki mag‘lubiyatni eslasangiz, qanday hissiyotlarga berilasiz?

- Chalkash tuyg‘ular... Misol uchun, finallar arafasida kayfiyatim a’lo darajada edi. Axir hayotimda ilk bor shunday yuqori saviyali turnirlar finalida ishtirok etdim. Ammo o‘yinlardan keyin... Bilasizmi, tabiatan mag‘lubiyatga sira ko‘nikolmayman. Hattoki, bolaligim o‘tgan o‘sha Makon shahridagi musobaqalarda ham qaysidir sovrinni boshqa jamoa a’zolari boshlari uzra baland ko‘tarishlariga aslo qarab turolmasdim. «Real»ga qarshi kechgan CHL finalida xuddi shu holat takrorlandi. Yevro-2016da esa hammasi sal boshqacha bo‘ldi. Ya’ni portugallarning g‘alabani qanday nishonlayotganlarini ko‘rib turdim. Shunda o‘zimga so‘z berdim: keyingisida  navbat meniki, albatta!

- Qiziq, o‘sha ikki finalni keyinchalik takroran tomosha qildingizmi?

- Yo‘q, yo‘q. Tan olishim kerak, o‘tgan yilgi CHL va Yevro-2016 o‘yinlarini qayta ko‘rdim, ammo yarim finalda to‘xtadim (kuladi)...

- Chindan ham, hal qiluvchi o‘yinlarda jamoalaringizga omad yetishmadi. Ammo shunga qaramay, 2016 yil siz uchun g‘oyat sermahsul kelganini tan olish lozim. Misol uchun, yakunda «Oltin to‘p»ga da’vogarlarning yakuniy uchligiga kirdingiz...

- O, bundan juda xursandman. Zero, eng yaxshi 3 nafar futbolchi qatoriga qo‘shilish hammaga ham nasib etavermaydi. Demak, kelgusida imkon qadar o‘zimni ko‘rsatishga urinaman. Ammo yana bir omilni yoddan chiqarmaslik kerak: «Atletiko» va terma jamoadagi sheriklarimning yordamisiz yolg‘iz o‘zim hech narsani uddalay olmasdim.

- Ko‘pchilikning fikricha, siz aynan Diyego Simeone istagan futbolchi bo‘lib chiqdingiz...

- Aksincha, shunday murabbiyga duch kelganim uchun shukr qilaman. Aynan Diyego meni butunlay o‘zgartirib yubordi. O‘zgarishlar mohiyatini tushuntirib berishim qiyin... Keling, yaxshisi, lo‘ndagina gapira qolay: agar Simeoneni uchratmaganimda, dunyoning eng kuchli futbolchilari qatoriga kirolmasdim - bu aniq.

- Misol uchun, Simeone «Real»ga qarshi o‘sha finaldan keyin shaxsan sizga nima degandi?

- Barchasi yodimda: u garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak-da, o‘yinning o‘zi men uchun g‘oyat foydali bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, penaltidan foydalanolmaganim tufayligina yengilmaganimizni, omadsizlikda birgina o‘zim aybdor emasligimni alohida uqtirdi. Aksincha, ko‘nglimni ko‘tarib, menga katta umid bog‘layotgani va hali jamoa manfaati yo‘lida bajarishim zarur ishlar ko‘pligini aytdi. Simeonening umumiy fikricha, agar talab darajasida mehnat qilishdan bo‘yin tovlamasam, faoliyatimda bunday finallar hali ko‘p kuzatiladi. Bunga o‘zim ham ishonaman.

- So‘nggi paytlarda boshqa klubga o‘tishingiz haqida mish-mishlar tarqalmoqda...

- Bilasizmi, Madridda o‘zimni juda erkin his qilyapman. Boz ustiga, jamoamiz yangi stadionga ko‘chib o‘tish arafasida turibdi. Bu tabiiyki, «Atletiko» uchun muhim voqea sanaladi. To‘g‘ri, kelajak masalasida hech birimiz oldindan aniq gap aytolmaymiz. Lekin fakt shuki, hozircha «Atletiko»da mutlaqo baxtliman.

- Ispan tilida shundan ravon so‘zlayapsizki, sizni tanimagan kishi «Ispaniyalik yigit bilan gaplashib turibman», deb o‘ylashi tayin...

- Ha, chindan ham, bu tilni mukammal o‘rganib oldim. Umuman, kundalik hayotim ham ispancha. Ya’ni ovqatlanishim ispancha, rafiqam va qizim bilan gaplashishim ispancha, hattoki, jahlim chiqqan paytlar xayollarim ham ispancha bo‘lib ketyapti (kuladi). To‘g‘ri, terma jamoa libosini kiysam, darhol Fransiyaning vatanparvar fuqarosiga aylanaman.

- Darvoqe, Fransiya termasi haqida: Braziliya-2014 va Yevro-2016dagi urinishlardan so‘ng ehtimol, «uchranglilar»dan ulkan natijalar kutishimiz kerakdir?!

- Shak-shubhasiz! Tilga olingan 2ta turnirda bizga biroz omad yetishmadi. Vaholanki, mundialda ham, qit’a chempionatida ham g‘alabaga mos o‘yin ko‘rsatdik. Men optimist insonman va o‘ylashimcha, kelajak - biz, ya’ni  fransuzlarniki. Zero, milliy jamoamizda ajoyib murabbiy va iste’dodli futbolchilar jamlanishgan. Mana, JCH-2018 saralashini ko‘ngildagidek boshladik va buyog‘iga kuchayamizki, aslo bo‘shashmaymiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:19, 02.03.2017.
O'qildi: 6705 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик