Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

JCH–2018 saralashi. Suriya – O‘zbekiston uchrashuvi BAAlik hakamlar guruhiga topshirildi

JCH–2018 saralashi. Suriya – O‘zbekiston uchrashuvi BAAlik hakamlar guruhiga topshirildi

Baho:
+ | -

FIFA JCH–2018 turniri “A” guruhi 6-turidan o‘rin olgan Suriya – O‘zbekiston uchrashuvi rasmiylarini tayinladi.

Mazkur o‘yinni BAAlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Abdulla Muhammad Hasan uchrashuv bosh hakami etib tayinlandi. Unga qanotlarda Muhammad al-Hammadiy hamda Hasan al-Mahriy yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasi Ahmad Hamis al-Naqbiyga topshirildi.

Hakamlar nazoratchisi sifatida avstraliyalik Edvard MakGregor ish olib boradi. Uchrashuv komissari – Xin Chyong (Gong Kong). Xitoylik Syaolong Deng OFK vakili sifatida o‘yinga taklif etildi.

Suriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuv 23 mart, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda Suriya nominal mezbon bo‘lgani hamda mamlakatda siyosiy barqarorsizlik hukmronlik qilayotgani sababli OFK o‘yinni neytral zona – Malayziyada o‘tkazilishini ta’minladi.

Mazkur bellashuv Malayziyaning Seremban shahridagi Tuanku Abdul Rahman Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da start olishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinni band qilib turibdi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:17, 05.03.2017.
O'qildi: 14336 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик