Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Oliy liga 2-tur. «Navbahor» safarda «Qizilqum»ga yutqazdi

Oliy liga 2-tur. «Navbahor» safarda «Qizilqum»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Oliy liganing 2-turida “Qizilqum” – “Navbahor” o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Navoiyda kechgan uchrashuv mezbonlarning g‘alabasi bilan yakun topdi. Birinchi bo‘limda ular tezkor gol urishni uddasidan chiqishdi. Jasur Hasanov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berganida, Azamat Allaniyozov “Navbahor” darvozasini aniq nishonga oldi - 1:0.

“Navbahorchilar” vaziyatni o‘nglash maqsadida hujum tashkil etishga intilishdi. Bu urinishlar o‘z samarasini keltirdi. Qilichev to‘pni Saidovga yetkazib berdi. Mansurning zarbasini Xonimqulov ushlab qolishni uddasidan chiqa olmadi va to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi.

Tanaffusga qadar har ikki jamoa vakillarida hisobni o‘zgartirish uchun qulay imkoniyatlar vujudga kelgandi. Ammo “Qizilqum” va “Navbahor” himoyachilari bunga yo‘l qo‘yishmadi.

Ikkinchi bo‘lim namanganliklarning faolligi bilan boshlandi. Navoiyliklar esa asosan qanotlardan hujum tashkil qilishdi. 77- daqiqada mezbonlarning bu harakati ularga foyda keltirdi. Sherali Jo‘rayevning chap qanotdan uzatib bergan to‘pini Ilhom Yunusov boshi bilan Amanov qo‘riqlagan darvozaga joylab qo‘ydi - 2:1. O‘yin oxirigacha navbahorchilar hisobni tenglashtirish uchun astoydil harakat qilishdi. Lekin, barcha urunishlar samarasiz yakunlandi. Shu tariqa “Navbahor” Oliy liganing joriy mavsumida dastlabki mag‘lubiyatni tan oldi.
Navbatdagi uchrashuvni «Navbahor» 18- mart kuni Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.

Oliy liga, 2-tur.
10 mart 2017 yil. Navoiy. “Yoshlar” sport majmuasi. 7565 tomoshabin.
“Qizilqum” – “Navbahor” 2:1 (1:1) 
Gollar: A. Allaniyozov (5), I. Yunusov (77) – M. Saidov (27)
Hakamlar: V. Serazetdinov, A. Sidorov, D. Saylavov, A. Risqullayev.
Nazoratchi - G‘. Karimov.
PFL vakili - B. Haydarov.
“Qizilqum”: 16. Umid Xonimqulov, 3. Shukurali Po‘latov, 4. Erkin Boydullayev, 10. Vohid Shodiyev, 14. Fayzullo Qambarov, 15. Azamat Allaniyozov (77. Begzod G‘anijonov, 89), 17. Artur Gevorkyan, 19. Jasur Hasanov (9. Otabek Zokirov, 90+2), 23. Sherali Jo‘rayev, 25. Azizbek Usmonov, 27. Ilhom Yunusov.
“Navbahor”: 30. Asilbek Amanov, 2. Alisher Samatov (77. Azizbek Turg‘unboyev, 81), 5. G‘iyos Komilov, 7. Oybek Qilichev (33. Tohir Shamshitdinov, 87), 9. Dilshod Jabborov, 10. Mansur Saidov (22. Ro‘zim Ahmedov, 75), 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev, 32. Jahongir Mehmonov, 44. Darko Stanoyevich, 84. Nemanya Yovanovich.
Ogohlantirishlar: F. Qambarov (20) – A. Aliyev (31), J. Mehmonov (43), A. Samatov (79), R. Ahmedov (89).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:14, 10.03.2017.
O'qildi: 6712 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.