Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

JCH–2018 saralashi. O‘zbekiston – Qatar uchrashuvini iroqlik hakamlar boshqaradi

JCH–2018 saralashi. O‘zbekiston – Qatar uchrashuvini iroqlik hakamlar boshqaradi

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) JCH–2018 turniri “A” guruhi 7-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston– Qatar uchrashuvi rasmiylarini tayinladi.

Uchrashuv bosh hakami etib iroqlik Muhammad Qosim Sarray tayinlandi. Qanotlarda uning hamyurtlari Muhammad Muayyad Ali va Vothiq Obaid al-Suaydi ishlaydi. To‘rtinchi hakam vazifasini ham iroqlik Zoid Tamer Muhammad bajaradi.

Hakamlar nazoratchisi – Yoqub Muhammad Rodzali (Malayziya). Uchrashuv komissari etib hindistonlik  Prins Rufus tayinlandi.

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi bellashuv Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 18:00 da start olishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinni band qilib turibdi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:27, 15.03.2017.
O'qildi: 12904 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик