«Sevilya» rahbariyati Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlik tufayli bosh murabbiy Xorxe Sampaolini iste’foga chiqarmaydi.
Bu haqda klub prezidenti Pepe Kastro xabar bermoqda.
«Biz Sampaoli bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirmoqchimiz» - dedi Kastro AS xabarida.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2018 yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Avvalroq, uni "Barselona"ni boshqarishi haqida xabarlar chiqqan edi.