Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

FIFA: Dastlabki yil sarhisobi

FIFA: Dastlabki yil sarhisobi

Baho:
+ | -

Mana, bir yildirki, FIFA Janni Infantino rahbarligi ostida faoliyat yuritmoqda. Shu payt­ga qadar bizga ko‘ng‘irsoch Platinining yaqin do‘sti sifatida tanish bo‘lgan taqirbosh janob xal­qaro tashkilotni o‘ta dramatik voqealardan so‘ng qabul qilib olgandi. Shundan beri jahon matbuoti FIFAni unutib qo‘y­gandek, go‘yo -  tashkilotga oid xabarlar sezilarli darajada kama-yib ketdi. Aksincha, muxlislarga UYEFA doi-rasidagi musobaqalarning bosh qur’akashi sifatida tanilgan xushchaqchaq janob eng yuksak lavozimda ishlamoqda. Vaholanki, Blatterning iste’fosi, bir qator yirik futbol namoyandalarining hibsga olinishiga olib kelgan mojarolardan keyin tashkilot faoliyatini normal izga solish, nufuzini tiklash ilojsizdek tuyulgandi. Biri yillik muddat tarix uchun o‘ta qisqa vaqt hisoblansada, yangi yo‘lboshchi o‘z vazifasini a’lo darajada ado etmoqda.

Qanday ishlar amalga oshirildi?

JCH ishtirokchilari sonini ko‘paytirdi

Mazkur yangilik Janni Infantino futbol taxtini egallaganidan ke­yingi eng yirik o‘zgarish bo‘ldi. Avvaliga Janni ishtirokchi jamoalar sonini 40taga yetkazish niyatida edi, amalda yanada ko‘proq - 48tagacha ko‘paytirishga qaror qildi. To‘g‘ri, kengaytirilgan format 2026 yilgi mundialdan boshlab kuchga kiradi. Tan olish kerak, ilk qadam o‘ta omadli chiqdi: faqat Yevropa vakillari yangilikni xushlamay qarshi oldilar, jahonning qolgan barcha qit’alarida esa mamnuniyat bilan qabul qilishdi. Ko‘pchilikning fikricha, kengaytirilgan mundialning final bosqichiga eltadigan yo‘l ancha osonlashadi. Albatta, tanqidiy fikr bildirayotganlarni ham tushunish qiyin emas - yangilik to‘rt yillikning bosh turniri nufuzini tushirib yuborishi mumkin. Nima bo‘lganda ham Infantino 2019 yili bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovida o‘z tarafdorlari safini kengaytirib oldi.

FIFAga a’zo assosiasiyalarga ajratiladigan mablag‘larning oshirilishi

Bu tadbir ham FIFA prezidentligi uchun bo‘lajak saylovoldi kampaniyasida Infantinoga «ko‘zir» vazifasini o‘taydi. Mablag‘ning hech qachon ortiqchasi bo‘lmaydi. Yangi qoidaga ko‘ra, FIFA­ga a’zo bo‘lgan 211ta assosiasiyaning har biriga futbol taraqqiyoti uchun 5,5 mln. dollar mablag‘ ajratiladi. Avvallari bu sarmoyalarga korrupsion tizimlar faol ta’sir etgani bois, ularning sarfi mavhum bo‘lib qolardi. Hozirda tashkil etilgan maxsus qo‘mita mablag‘larning aynan futbol ravnaqi yo‘lida sarflanishiga javob beradi, loyihalarning qay tariqa amalga oshirilayotganini nazorat qiladi. Qolaversa, bu chora FIFA faoliyatining musaffoligini ta’minlashda asqotadi. Hozircha hech qanday tortishuv yoki mojaro yuz bermaganidan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, tashkilot risoladagidek ish olib boryapti.

Futbolchilar fikriga quloq sola boshlashdi

Janni Infantino bir yillik faoliyati davomida amalga oshirilayotgan islohotlarning vazni va ahamiyatini oshirish maqsadida o‘tmishning mashhur yulduzlarini o‘z g‘oyalariga ishontira oldi. Millionlab muxlislar va futbolchilarning «kumiri» hisoblangan Roberto Karlos, Karles Puyol, Marsel Desayi, Kafu singari yulduzlar FIFAning afsonalar jamoasi a’zosi sifatida futbolning taraqqiyoti bilan bog‘liq muhim masalalarda maslahatchi vazifasini bajarishmoqda!

Avvallari xalqaro tashkilotni futbolchilar nuqtai nazari bilan hisoblashmaslikda ayblash uchun asoslar yetarli edi. Endi bu o‘tmishga aylandi. Hatto Blatter, umuman, FIFA­ning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan Diyego Maradona ham hozir elchi sifatida yangi g‘oyalarni targ‘ib qilmoqda, boshqa bir hujumchi - Marko van Basten tashkilotda texnik taraqqiyot bo‘limiga mas’ul.

Qanday ishlarni amalga oshirish lozim?

2018 va 2022 yillarda bo‘lib o‘tadigan JCH mezbonligi, saylovlari va korrupsiyaga oid ichki surishtiruvlar hisobotini e’lon qilish.

Yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar ta’sirida prokuror Maykl Garsiyaning navbatdagi 2ta JCH mezbonlarini aniqlash uchun bo‘lib o‘tgan saylovlar xususida to‘liq hisobot bermaganligi ko‘pchilikning xayolidan ko‘tarildi. Adolat peshvosi jamoatchilik hukmiga atigi 42 sahifadan iborat hujjatni taqdim etgandi. Oqibatda kuchli noroziliklar kelib chiqqan va Garsiya o‘z lavozimidan chetlatilgandi. Infantino saylovoldi kampaniya­sidan boshlab bu mojarodan chetroqda bo‘lishga intildi. Shuni inobatga olsak, FIFA jamoatchilikdan pinhon tutishni lozim topgan ayrim jihatlar yo‘q emasligini ham taxmin qilish mumkin.

Milliy FFlardan sarmoyalar qanday sarflanganligi haqida hisobotni talab qilish

Odilona faoliyat siyosatining mantiqiy davomi. Xalqaro tashkilotning o‘zidagi ijobiy siljishlar yaqqol bo‘y ko‘rsatayotgan bo‘lsada, milliy federasiyalar oshkoralik sari unchalik shoshilishmayapti. FIFA sarmoyalar salmog‘ini oshirayotgan hozirgi sharoitda yangi prezidentdan bu masalaga zudlik bilan oydinlik kiritish talab etiladi. Albatta, buning uchun Infantino qattiqqo‘llik va talabchanlikni kuchaytirishi, mablag‘lar qaysi maqsadlarga sarflanganini oshkor etishdan bo‘yin tovlaganlarni jazolashi kerak bo‘ladi.

Mansabdor shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish

FIFA yuqori lavozimlarni egallash ishtiyoqida bo‘lgan nomzodlarni tekshiruvdan o‘tkazish borasida muayyan mezonlarni ishlab chiqdi. Jumladan, nomzodning sudlanganligi, turli qoidabuzarlik, mojarolarga aloqadorligi sinchiklab o‘rganib chiqiladi. Avvalgi korrupsion mojarolarda «qo‘li» bor yoki ular bilan aloqada bo‘lgan barcha xizmatchilarni almashtirishga prezident ulgurganicha yo‘q, hali.

TV huquqlari savdosini tartibga keltirish

Korrupsiya tufayli ko‘rilayotgan moddiy zararning asosiy qismi TV huquqlari savdosi hisobiga to‘g‘ri keladi. Buning sababi shundaki, kelishuvlar uchinchi shaxs - vositachilar orqali amalga oshiriladi. Natijada «o‘roqda yo‘q, boshoqda yo‘q, xirmonda hozir» dallollar mo‘may daromad sohibiga aylanmoqdalar. Ularning ko‘magisiz ish bitmaydi. Ammo vositachilar faoliyati ham chinakam musaffolikka muhtoj. Xabaringiz bo‘lsa, Kosta-Rika FFning sobiq prezidenti Eduardo Li TV hamda marketing huquqlari savdosi jarayonida pora olganligiga iqror bo‘ldi. Xalqaro tashkilot va uning barcha bo‘g‘inlari poraxo‘rlikdan xalos bo‘lmagunicha, moddiy boyliklarning qayerga yo‘qolayotganini bilolmay yuraveramiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:57, 16.03.2017.
O'qildi: 8779 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.