Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

UZREPORT TV Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasi qur’asini jonli efirda namoyish etadi

Baho:
+ | -

Yevrokuboklarning ushbu mavsumi futbol muxlislariga ko‘plab unutilmas onlarni taqdim qilyapti.

G‘oliblik uchun kurashayotganlar orasida dunyoning eng kuchli jamoalari bilan birgalikda, avval favorit hisoblanmagan klublar ham bor.

Ularning o‘zaro o‘yinlari esa hech kimni befarq qoldirmayapti. Chempionlar ligasining yakuniga yetgan 1/8 final bahslarida urilgan jami 62ta gol musobaqa tarixidagi ushbu bosqichning rekord natijasini keltirib chiqardi.

17 mart kuni Shveysariyaning Nyon shahrida Yevropa chempionlar ligasi hamda Yevropa ligasining chorakfinaliga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Ushbu voqeani futbol muxlislari UZREPORT TV telekanalida jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 finaliga quyidagi jamoalar yo‘l olishdi:

“Atletiko”, "Bavariya", "Barselona", "Borussiya", “Monako”, "Real", “Lester”, “Yuventus”.

Yevropa Ligasi 1/4 finalida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadigan jamoalar nomi esa bugun tunda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlardan keyin ma’lum bo‘ladi.

Yevropa Chempionlar ligasi qur’a marosimi soat 16:00da, Yevropa ligasiniki esa soat 17:00da boshlanadi.

Ushbu translyasiyalar vaqtini inobatga olgan holda, avval 16:00da namoyish etilishi rejalashtirilgan Yevropa ligasidan o‘rin olgan “Roma” – “Lion” uchrashuvi ertaga soat 14:00da efirga uzatiladigan bo‘ldi.

UZREPORT TV orqali Yevropaning eng nufuzli futbol turnirlarini kuzatishda davom eting!

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 13:14, 16.03.2017.
O'qildi: 27008 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик