Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Andijon» Toshkentda yig‘in olib bormoqda

«Andijon» Toshkentda yig‘in olib bormoqda

Baho:
+ | -

«Andijon» mavsumlar oralig‘idagi so‘nggi yig‘inini Toshkentda olib bormoqda.

Poytaxtdagi yig‘in chog‘ida futbolchilar kuniga ikki mahaldan shug‘ullanib, bir qator sinov-nazorat o‘yinlarida ham maydonga tushdi.

Xususan Qozog‘istonning «Kaspiy» (0:0) va Buxoroning «Nurafshon» (0:0) jamoasi bilan durang qayd etdi. Toshkentning «O‘rikzor»i esa 3:1 hisobida taslim etildi. Kecha «burgutlar» navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini «Xorazm»ga qarshi o‘tkazib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda avvaliga urganchliklar standart vaziyatdan hisobni ochgan bo‘lsa, so‘ngra andijonliklardan Farruh Shotursunov bilan Shahboz Jumaboyev javob qaytardi.

Tarkibga markaziy himoyachi Timur Kagirov kelib qo‘shilganini ma’lum qilamiz. Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, tajribali futbolchi ilgari ham «Andijon» (2005 va 2008 yillar) safida o‘ynagandi.

Ertaga jamoamiz «Bunyodkor» yoshlariga qarshi sinov-nazorat bahsida maydonga tushadi. Shundan so‘ng «Andijon»ning Toshkentdagi yig‘ini yakuniga yetadi.

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 17:03, 16.03.2017.
O'qildi: 7225 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик