Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Samvel Babayan: «Sergeev va Shomurodovning ishtiroki so‘roq ostida turibdi»

Samvel Babayan: «Sergeev va Shomurodovning ishtiroki so‘roq ostida turibdi»

Baho:
+ | -

JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 6-turidan o‘rin olgan Suriya – O‘zbekiston uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyachi Server Jeparov bo‘lajak o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ertaga JCH–2018 saralashi doirasida 6-uchrashuvni o‘tkazamiz. Suriya hurmatga loyiq jamoa ekaniga nafaqat biz, balki butun Osiyo amin bo‘ldi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yinda tashabbusga ega bo‘lishimizga qaramay, raqib himoyada mustahkam o‘yin namoyish qilgandi. Jamoa tartibli o‘yin ko‘rsatadi, tarkibida esa individual mahoratga ega bo‘lgan futbolchilar bor. Saralash bosqichida oltinchi o‘yin ostonasida turibmiz, biroq optimal tarkibda o‘ynash nasib etamayapti. Denisov maydonga tusha olmaydi, hujum chizig‘idagi Igor Sergeev va Eldor Shomurodovning ertangi bahsda ishtirok etishi so‘roq ostida turibdi. Shunga qaramay, belashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik va maydonda nimaga qodir ekanimizni ko‘rsatib, biz uchun kerakli natijani qayd etishga harakat qilamiz”, – dedi Samvel Babayan.

“Asosiy maqsadimiz – JCH–2018 final bosqichiga chiqishdan iborat. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun harakat qilyapmiz. Shu sababli har bir bo‘lajak o‘yin katta ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, ertaga eng muhim o‘yin arafasida turibmiz. Ayni vaqtda Rossiyaga yo‘l olish uchun necha ochko kerak ekanini hisoblash o‘rinsiz bo‘lardi. Muhimi har bir o‘yinga tayyorgarlik ko‘rib, imkon qadar ko‘p ochko olish kerak. Ochkolarni esa saralash bosqichi yakunida hisoblaymiz”, – deya fikrini bildirdi Babayan.

“Terma jamoa uchun ertaga muhim o‘yilardan biri. Suriyaga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz. Bu yerga bejizga kelganimiz yo‘q, uchrashuv natijasi bizning foydamizga hal bo‘lishiga umid qilaman. 3 ochkoni qo‘lga kiritgan holda yaxshi kayfiyat bilan ortga qaytamiz, deb o‘ylayman”, – dedi Server Jeparov.

Eslatib o‘tamiz, Suriya va O‘zbekiston qarama-qarshiligi ertaga, 23 mart kuni Malayziyaning Malakka shahridagi Hang Jebat Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:23, 22.03.2017.
O'qildi: 20386 marta.
Fikrlar: 85 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.