Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Yosh avlod nomidan Babayanga murojaat

Yosh avlod nomidan Babayanga murojaat

Baho:
+ | -

Maqola yozmoqchi bo‘lib o‘tirdimu, negadir yozgim kelmadi. Aniqrog‘i, roppa-rosa bir yil muqaddam "Chempion+" gazetasida chop etilgan bir maqolani ko‘rib qoldim. Maqola muallifi - o‘g‘lim. U terma jamoamiz oldingi bosqichni ishonch bilan yakunlagan o‘sha shukuhli davrdayoq Samvel Babayanga to‘g‘ri maslahat bergan ekan, qoyil qoldim. 17 yoshli bolaya!

Afsuski, shu go‘dakning aqli yetgan narsaga murabbiyimizning fahmlari yetmagan ekan. Nachora. Maqolani eslatib o‘taman. X.Hamidov.

YOSH AVLOD NOMIDAN

Men ancha yoshman. Yoshim endigina 17ga yetdi. Lekin futbolga qattiq bog‘lanib bo‘lganman. 11 yoshimdan beri “futbol jinnisi”man. O‘zim ham futbol o‘ynab turaman. Juda zo‘r o‘yinchi bo‘lmasam ham, har holda tengqurlarim ichida yo‘qolib qolmayman. Menga futbol o‘ynashdan ko‘ra uni tomosha qilish, kuzatish yoqadi ko‘proq.“Chempion” gazetasiga oshnoligim bor. Qoldirmasdan o‘qiyman. Birinchi marta maqola yozyapman. Shuning uchun bu maqolam uslubi butunlay chempioncha bo‘lib qolsa ham ajablanmang!

Men o‘zimning ilk maqolam orqali Samvel og‘aga murojaat qilmoqchiman. Terma jamoamiz bosh murabbiyi bu so‘zlarni mening tengqurlarim nomidan murojaat deb qabul qilsalar ham bo‘ladi...

Samvel og‘a, biz sizga rahmat deymiz. Siz jar yoqasida qulashga tayyor turgan terma jamoamizni qutqarib qoldingiz! Buni hech kim inkor eta olmaydi. Hatto o‘yinlarini dadamdan rohatlanib tinglaganim, ajoyib futbol yulduzi bo‘lgan, keyinchalik sizning lavozimingizda ishlagan, sizga ushbu termani topshirgan murabbiy – Mirjalol Qosimov ham! Shunaqa bo‘lib qoldi endi...

Men o‘zimizdagi o‘yinlarning hammasini stadionda tomosha qildim. Mehmondagi bahslarni oinai jahon orqali. O‘yinlarimiz turfa xil bo‘ldi, biroq hammasida yenga oldik, shunisini muhim sanadim. Shunisini e’tiborli deb bildimki, bundan so‘ng ham natija men uchun eng muhimi bo‘lib qolaveradi.

Siz yigitlarga qanday ko‘rsatmalar berasiz, bilmadimu, ammo ruhan ularga dalda bo‘layotganingiz ko‘rinib turibdi. Ikki o‘yinda gol urishga qiynalib qolganimizda, Geynrixni tushirib ham to‘g‘ri qildingiz. Bu ham murabbiylikning muhim sinoati hisoblansa kerakki, Sasha ham ishonchingizni oqladi.

Safardagi bahslarda kuchliroq o‘yin ko‘rsata olganingiz tahsinga loyiq, biroq eng yaxshi va mazmundor o‘yiningizni biz “Paxtakor” stadionida, Shimoliy Koreyaga qarshi ko‘rdik. Bu o‘yindagi g‘alaba biz uchun eng muhimi bo‘lishi bilan birgalikda, eng chiroylisi ham bo‘ldi. Irodali futbol ko‘rsata olishdi akalarim, o‘yinni tomosha qilar ekanman, o‘tira olmadim joyimga. Hayajonim qo‘ymadi.

“Bunyodkor”dagi ilk o‘yin juda og‘ir kechganiga qaramay, yengishimizni bilardim. Yengdik va o‘yindagi eng ta’sirli joyi, maysani o‘pganingiz bo‘ldi. Ehtirosingizga men ham qo‘shildim. O‘yinni bir o‘rtog‘im bilan tomosha qilgandik stadionda. U “qara, qara, Babayan nima qilyapti...” deb baqirib yubordi, ishonasizmi? Mening ko‘zimda yosh yaltilladi. Kim nima desin, to‘g‘ri qildingiz! “Og‘ir stadion”ning maysasini zabt etganingizdan xursandsiz, deb qabul qilib qo‘yaverdik.

Hammasi uchun rahmat, Samvel og‘a! Endigina futbolga oshino bo‘lgan biz – yosh muxlislar uchun taqdim etganingiz -ajoyib onlar uchun minnatdormiz sizdan! Rahmat!

Endi esa oldinda qiyin sinovlar kutib turibdi. Keyingi bosqich og‘ir bo‘lishini birinchi marta ko‘rganim – JCH-2014 saralash bahslaridan bilaman. Terma jamoamizga oid ma’lumotlarni ham yetarlicha o‘zlashtirganman. Misol uchun, terma jamoamiz hech qachon ushbu bosqichdan o‘ta olmaganini, dastlabki o‘yinlarni muvaffaqiyatli boshlamaganini, shu bosqichda murabbiylarning almashgani foyda bermaganini va bu o‘yinlarga qadar o‘rtoqlik bahslari juda kam o‘tkazilganini yaxshi bilaman. O‘qiganman, eshitganman, kuzatganman.

Hurmatli Samvel og‘a! Sizning saviyangizni tahlil qilish bizga emas. Ammo shuncha minnatdorchilik bildirayotgan yosh avlodning iltimosini ham eshitib qo‘ying, iltimos:

Biz hali yoshmiz, oldimizda nasib qilsa hali uzoq yillar va ko‘pgina mundial saralashlari bor. Hozirda bizdan katta akalarimiz o‘zlarining futbolga qiziqqan ilk kunlarini esga olishadi. Xirosimadagi chempionlik, Qosimovning jarima to‘plari, Shaskix degan o‘yinchining oltin gollari, Bugalo degan darvozabonning seyvlari, Shirshov degan yoqimtoyning ajoyib harakatlari... Qanchalar futbol ishqibozi bilan gaplashmay, ularning og‘zidan asosan shu haqdagi gaplarni eshitaman. Demak, chindan ham ular zo‘r bo‘lgan. Lekin murabbiylar haqida ko‘p gapirmaydilar. Faqatgina o‘zim ko‘rganim – Abramovning to‘rt yil oldingi o‘yinlaridan boshqa. Uning o‘yinlari ham asosan chiroyga qurilgan, natija e’tibori bilan esa to‘liq pishib yetilmagandi.

Samvel og‘a! Siz hozir oltin davrda turibsiz. Sizni yo bor qiladigan, yo... Aytmay qo‘ya qolay davomini... Shu lahzalarda bir orzu o‘rmalamoqda ichimda:

Bizga katta bo‘lganimizda yosh avlodga hikoya qilib berishga arziydigan o‘yinlar, natijalar va ajoyib yakuniy nuqtalar kerak!

Bizdan keyin kelayotgan ukalarimiz bugungi futbol haqida so‘rashganida, og‘iz ko‘pirtirib, bemalol: “terma jamoamizning mundialga chiqqan lahzalari aynan bizning oltin yoshligimizga to‘g‘ri kelgan-da...” deb boshlanajak hikoyalar kerak bizga...

“Birinchi marta Jahon chempionatiga borganimiz” haqida to‘lqinlanib gapirib bergimiz keladi bizning!

Mana shu orzuyimiz orzuligicha qolib ketmasligini istaymiz!

Mustaqil diyorimiz futboli ko‘ksiga shaboda tekkan davr aynan bizning davr bo‘lishini istaymiz!

Rossiyaga boradigan 32 baxtli yurt ichida bizning mamlakatimiz ham bo‘lishini va buning guvohi aynan bizning oltin avlod bo‘lishini istaymiz!

Akalarimiz faqat nomdor futbolchilar bilan maqtanib o‘tirganlarida, biz MURABBIY bilan ham maqtanishni istaymiz!

Samvel og‘a! Bizning avlod shunday hikoyalarni istaydi, ko‘rdingizmi?

Bu avlod bir-ikki yulduz bilan ertak aytib yurishni istamaydigan avlod.

Shunday hikoyalarni taqdim etmas ekansiz, sharaf to‘la davringizda o‘rningizni o‘zingizdan ko‘ra salohiyatli insonga topshiringizni istardik! Shunda ham sizni katta harf bilan boshlanadigan Murabbiy sifatida yodda olishga va’da berib qolamiz.

Hurmat bilan yosh avlod nomidan
Abdullo Ubaydullayev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:05, 23.03.2017.
O'qildi: 40601 marta.
Fikrlar: 52 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.