Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Mundialga chiqishning «o‘zbilarmon» usuli

Mundialga chiqishning «o‘zbilarmon» usuli

Baho:
+ | -

Jahon chempionatiga yo‘llanma olish  vazifasi saralashlarda ishtirok etadigan barcha jamoalarning ham oldiga qo‘yilavermaydi. Odatda erishish imkoniyati va bunga mos baza bo‘lgandagina, topshiriq qo‘yiladi.

Aksariyat imkoniyati pastroq terma jamoalar bir necha yillik strategiya ishlab chiqadi va bosqichma-bosqich yuqorilab, asosiy maqsad sari ko‘tarilib boradi. So‘nggi yillardagi Islandiya, Vengriya, Uels tajribalari bunga misol. Bizda esa har safargi odatiy vazifa – JCHga chiqish. Buning uchun imkoniyatimiz yetarlimi, qandaydir aniq rejalar ishlab chiqilganmi, yo‘qmi ahamiyatsiz. Faqat ayrim hollarda, do‘ppi tor kelgandagina, “bizning bu safargi maqsadimiz JCHga chiqish emasdi”, “murabbiyga yosh iqtidorlarni kashf etish topshirilgan”, qabilida aybimizni xaspo‘shlab qo‘yamiz. Lekin aslida boshdanoq shu vazifa qo‘yilgan bo‘ladimi-yo‘qmi buyam dargumon. Agar qo‘yilgan taqdirdayam, biz uni bajarmagan bo‘lib chiqamiz.

To‘g‘ri, Osiyo mintaqasidan olib qaralganda, biz JCH yo‘llanmasi uchun kurashda imkoniyati past jamoalar sirasiga kirmaymiz. JCHga chiqish vazifasi qo‘yiladigan TERMA JAMOAmiz. Lekin yillar o‘tsa hamki, bu vazifani adog‘iga yeta olmayapmiz. Shuncha yillik urinishlar naf bermayotgan ekan, balki topshiriqni o‘zgartirish kerakdir. Birdaniga 2 metrlik “planka” qo‘yvolib, har safar undan oshib o‘ta olmay xunob bo‘lgandan ko‘ra, o‘sha “planka”ni sal pastroqqa tushirib, avval sakrab o‘tib ko‘rib, keyin sekin-sekin ko‘tarib borish zarurdir? Topshiriq har safar qiyinlashganida, o‘sha avvalgi ko‘nikmamiz va keyingisi o‘rtasidagi mashg‘ulotlarimiz qo‘l keladiku. Yana sakraymiz, yana o‘z ustimizda ishlaymiz, yana sakraymiz. To maqsadga erishgunimizcha. Hammasi o‘ylangan reja, to‘g‘ri tanlangan strategiya bilan. Va albatta, yaxshi murabbiy va boshqaruv bilan.

O‘zi oldin aniqlashtirib olish kerak: biz buni istaymizmi o‘zi? Jahon chempionatiga chiqa oladigan jamoa shakllantirish maqsadimiz bormi? Buning uchun mexanizm yaratganmizmi? Yoki asosan tavakkalchilikka tayanilganmi? Qachondir tug‘ma qobiliyat qo‘qqisdan paydo bo‘lib, o‘sha 2 metrlik “planka”dan bir urinishda sapchib o‘tib ketishini kutib o‘tiribmizmi? Klaudio Ranyerini olib kelib ko‘raylik u holda yoki Fernandu Santushdaqasini qidirib topaylik. Koshkiydi.

Samvel Babayan jamoasining belgilangan “planka”dan o‘ta olmasligi, avvalgi saralash bosqichidayoq oydinlashib qolgandi. Jamoa o‘yinida o‘sish umuman kuzatilmadi chunki. Bu haqda juda ko‘p yozildi. Endi ertami-kech u terma jamoani tark etadi. Keyin nima bo‘ladi? Kim keladi uning o‘rniga? Shartli ravishdagi “Qosimov” yoki “Abramov”mi?! Yana musobaqalar qizg‘in pallaga kirishi arafasidagina biroz g‘imirlab, “mo‘’jiza”dan umid qilib o‘tiramizmi?

Jahon futbolida murabbiylarni tanlash mexanizmi bor. Buni ko‘pchilik biladi. Klublarda sport direktorlari shug‘ullanadi bu bilan. Jamoaning xususiyati, strategiyasi, imkoniyatidan kelib chiqib, nomzodlar tahlil qilinadi. O‘nlab nomzodlar o‘rganilib, eng munosiblari saralanadi. Saralanganlar bilan muzokaralar chog‘ida ularning taklif etadigan rejalari, g‘oyalari, umuman jamoani yanada yuqori pog‘onaga olib chiqa oladigan salohiyati bormi-yo‘qmi, chuqur tahlil qilinadi. So‘ng tanlanadi.

Bizdayam balki shundaydir, lekin bu haqda eshitmaganmiz. Terma jamoalar markazimiz bor, lekin uning rejalari, ish uslubi haqida deyarli hech narsa bilmaymiz. Xuddi xorijdagilar kabi terma jamoalarimizning bir necha yillarga mo‘ljallangan aniq dasturlari bormi-yo‘qmi, bexabarmiz. O‘sha terma jamoalar bir-ikki yildan so‘ng kimlar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishini bilamiz, ammo o‘zimiznikilardan hech narsa. Ularda ko‘p yillik reja bor va murabbiy almashishlariga qarab o‘tirishmaydi. Mobodo murabbiyni o‘zgartirish zarurati tug‘ilgan taqdirda ham, o‘sha rejaga qarab tanlashadi. Ya’ni, terma jamoa aravasini xohlagan tomoningga hayda, deb kimningdir gardaniga yuklab qo‘yishmaydi. Murabbiy, shunchaki, uzoq yo‘lga chiqqan foytunning navbatdagi izvoshchisi bo‘ladi.

Shuncha murabbiyga “arava”ni berib ko‘rdik: Jahon chempionatiga olib bor, deb. Ular esa yo‘lda qolib ketyapti. Ko‘pchiligi malakasiz, tajribasiz, tajribaliroqlari – qarovsiz. Ko‘zimiz yetmas ekan, olib tashlaylik o‘sha yukni. Jahon chempionatiga chiqasan, degan yukni. Avvaliga aniqroq, amalga oshirsa bo‘ladigan topshiriqlar beraylik, shunga zamin yarataylik. “Arava”ni JCHga tortib bor deyilyaptimi, shunga mos shart-sharoit yaratilsin, MUNOSIB IZVOSHCHI tanlansin, “GPS navigasiya” bilan ta’minlansin... Balki shunda manziliga yetib borar.

Lutfullo Tursunov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:43, 24.03.2017.
O'qildi: 25737 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.