Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

TJM o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilishni biladimi?

TJM o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilishni biladimi?

Baho:
+ | -

6 iyun kuni Toshkentda Tailand milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazar ekanmiz. Bu 13 iyun kuni Tehronda Eron milliy terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan saralash uchrashuvidan oldin o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Nega endi Tailand? Bemavrid va noo‘rin jamoa emasmi?

Men ushbu maqolamda kecha Malayziyada Suriyaga qarshi o‘yin oldidan siam yurtining janubroq shahrida - Malayziyaga yaqinroq joyda Tailandga qarshi 18-19 mart kunlari o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish kerak edi, deb yozdim. Chunki Tailand kecha o‘z maydonida Saudiyani qabul qildi.

Lekin kechagi o‘yindan oldin o‘ynamadik. Foydasi bo‘lar edi aniq. Kimlar tayyormasligini bilib olardik va maydonda "o‘lik" Odil Ahmedovni ko‘rmasmidik...

13 iyunda Tailand o‘z maydonida BAAni qabul qiladi. Shu o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish uchun taylar Toshkentga kelib ketisharkan.

Mayli, o‘rtoqlik uchrashuvi albatta kerak, lekin nega kechagi o‘yindan oldin tanlanmadi u? Axir Tailanda qarshi shu oyda o‘ynab ham, 6 iyunda ularning o‘rniga Iroq yo Yaponiya tanlansa bo‘lar edi-ku?!

Iroq - o‘z-o‘zidan o‘yin uslubi Eronga yaqin, kuchli jamoa. 13 iyun kuni ular ham neytral maydon — Eronda Yaponiyaga qarshi maydonga tushishadi. Agar Iroq bilan kelishuvga erishilganida Eronga birga uchib boraverardi ikki jamoa. Tailand bilan o‘yin terma jamoamizga nima berishi noma’lum. Xitoy Xorvatiya bilan o‘ynaganda biz Gruziya bilan o‘ynaymiz. Suriya Yaponiya bilan o‘ynaganda biz Tailand bilan. Nima bu, muhim o‘yin oldidan osonroq raqib topib, futbolchilarimizning "samosenka"sini oshirish uchun tutilgan yo‘lmi?

Yaponiyaga-ku, kechikib bo‘libmiz, Suriya 6 iyun kuni Tokioga borib, Xitoyga qarshi uy uchrashuvidan avval ularga qarshi o‘ynab kelishar ekan. Terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvi uchun o‘ta murakkab manzillarni tanlayotganda nega oldiginamizda turgan o‘ta qulay sharoitdan foydalanmaymiz?
 
Xo‘sh, nega Iroq emas, Tailand? Kimlar ishlaydi-e u terma jamoalar markazida, juda qiziq? Maktabda geografiya fanini o‘tishganmikin?

Shuhrat Shokirjonov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:46, 24.03.2017.
O'qildi: 16054 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.