Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Fotima Samura - dunyo futbolidagi «birinchi» ayol

Fotima Samura - dunyo futbolidagi «birinchi» ayol

Baho:
+ | -

Ma’lumki, Janni Infantino FIFA prezidenti etib saylangach, tashkilotda ko‘plab yangilanishlar, o‘zgarishlar kuzatildi. Xususan, FIFA bosh kotibi lavozimi tarixda ilk bor ayol kishiga - senegallik Fotima Samuraga ishonib topshirildi. Ta’kidlash lozim, u mazkur vazifaga tayinlangunga qadar BMTning tinchlik elchisi sifatida faoliyat yuritgan va ko‘p ajoyib sarguzashtlarni boshidan kechirgan edi.

BMT elchisi

FIFAning hozirgi bosh kotibi Fotima Samura BMTda naq 21 yil davomida mehnat qilgan. Bungacha esa u Senegaldagi savdo firmasida agent sifatida faoliyat yuritardi. Fotima BMTga doimiy ishga o‘tgach, dastavval Kamerunda ishladi, so‘ng Rimdagi ofisga ko‘chib o‘tdi. Shundan keyin u BMTda qochqinlarga yordam berish tizimining bir qismiga aylandi. Masalan, 2007 yili Fotima Chad davlatida amalga oshirilgan insonparvarlik yordamini boshqardi. Shuningdek, Sudan chegarasida yashab, minglab qochqinlarga ko‘mak berdi.

Bir so‘z bilan aytganda, Samura BMT yumushlarini deb, butun Afrika qit’asini aylanib chiqdi va oziq-ovqat mahsulotlari tashishdan, berahm jangarilar bilan muzokara o‘tkazaverishdan charchadi. Xuddi shu vaqtda u tasodifan Janni Infantino bilan tanishib qoladi. Mazkur uchrashuv Madagaskarda, mahalliy terma jamoaning Senegal bilan o‘yini vaqtida sodir bo‘ladi. Ta’kidlash lozim, u paytlari Infantino hali FIFA prezidenti emasdi. Lekin Janni bu lavozimni egallagach, tashkilot bosh kotibi kursisiga aynan Fotimani taklif qildi.

Buyuk Britaniyada orttirilgan «dushmanlar»

2016 yilning noyabrida, Angliya termasining Shotlandiyaga qarshi o‘yi­ni arafasida Fotima Samura kutilmagan bayonot bilan chiqdi. Ya’ni uning so‘zlariga ko‘ra, bundan buyon futbolchilarning libosida ko‘knori tasvirining bo‘lishi taqiqlanadi. Britaniyaliklar esa ma’lumki, birinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasiga bu belgidan foydalanishadi va o‘yin ham urush yakunlangan 11 noyabrda o‘tkazilishi zarur edi. «Urush tufayli birgina Buyuk Britaniya jabr ko‘rmagan. Bunga Suriya yaqqol misol bo‘la oladi. Mening qit’amda ham bu balo yillar mobaynida insonlarni behalovat yashashga majbur qilgan. Shunday ekan, nega biz boshqalardan ko‘z yumib, bitta mamlakatga ruxsat berishimiz kerak?» - dedi Samura.

Tabiiyki, Britaniya orolida yashaydiganlar uning fikriga qarshi chiqishdi. Jumladan, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey qarorni «ahmoqona» deb baholadi. Angliya FA rahbari esa har qanday holatda ham gul surati futbolchilar libosida albatta, bo‘lishiga va’da berdi. Eng qizig‘i, Angliya termasining ashaddiy raqibi bo‘lgan shotlandlar ham FIFA qaroriga qarshi chiqishdi. Natijada, inglizlar 35 ming funt, shotlandlar esa 15 ming funt miqdorida jarimaga tortildilar.

«Bavariya» va qaysidir ispan klubi muxlisasi

Samuralar oilasida hamma futbolga rosa qiziqar, uydagi har bir kishining o‘z sevimli jamoasi bor edi. Fotima onasi bilan birga, «Bavariya»ga muxlislik qilardi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha vaqtlari jamoa futbolchilari orasida klubning hozirgi prezidenti Karl-Xayns Rummenigge boshqalardan ajralib turardi.

- U juda kuchli futbolchi edi. Hatto hozir ham Rummeniggening ko‘rinishi chakkimas. Otam va olti akam oyim ikkalamiz tufayli Karl­ni juda yomon ko‘rishardi.

Fotima Samuraning yana bir sevimli futbolchisini ko‘pchilik yaxshi tanimaydi, ammo xuddi shu xususiyat FIFA bosh kotibining futboldagi dunyoqarashi keng ekanidan dalolat. Bu futbolchi malilik hujumchi Salif Keyta bo‘lib u o‘z vaqtida «Marsel», «Sent-Etyen» klublarida to‘p surgan va hatto, «Kumush butsa» bilan taqdirlangan.

Samura hozirgi paytda qaysidir ispan klubiga muxlislik qiladi. Lekin u o‘zi yoqtirgan jamoa nomini sira oshkor etmaydi.

Futbolchi bo‘lolmagan turmush o‘rtog‘i

To‘g‘risini aytish kerak, Fotimaning eri - unchalik omadli inson emas. Zero bu shaxs avvaliga futbolchi bo‘lishni maqsad qilgandi. Ammo 20 yoshida olingan jiddiy jarohat yigitchaning orzularini yo‘qqa chiqaradi. Biroq xuddi o‘sha vaqtdan boshlab, Fotimaning siyosatdagi obro‘si keskin ko‘tarila boshlaydi. Qizig‘i shundaki, ular turmush qurishayotganda, antiqa kelishuv tuzishadi. Unga ko‘ra, agar juftlikda kimdir xalqaro faoliyatni boshlasa, boshqasi uy ishlari bilan shug‘allanadi. Shu bois, oila boshlig‘i uyga qaraydigan bo‘ldi. Ayol esa avvaliga jangarilar, keyinroq futbolchilar bilan ishlashga kirishdi.

Futbolchilar orasida

Fotima yoshligida Senegal terma jamoasining bo‘lajak darvozaboni Sheyx Seka bilan bir sinfda o‘qigan. Kamerunda esa u tasodifan «Liverpul» himoyachisi Rigober Song bilan qo‘shni bo‘lib qoladi. Bundan bir necha yillar oldin Fotima yana bir kamerunlik mashhur futbolchi - Roje Milla bilan tanishib, do‘stlashadi.

Kim biladi deysiz, ehtimol, Samura futbolchilar bilan tezda do‘st­lashib keta olgani tufaylimi, u FIFAda ish boshlagach, «Milan» va Xorvatiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Zvonimir Boban Fotimaga yordamchi qilib berildi.

Ayollar huquqi uchun kurash

Fotima Samura FIFA bosh kotibi lavozimida 2016 yil bahorida ish boshladi. E’tiborlisi, ungacha hali hech bir ayol bu tashkilotda shunday mas’uliyatli vazifani bajarmagandi. Endi esa Samura FIFAda ayollar sonini oshirmoqchi. Muhimi, Fotima buning uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqchi. Tashkilot rahbari Janni Infantino ham bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamoqda.

Samuraning qizi ayni vaqtda Syurixda futbol bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Fotimaning aytishicha, futbol qizlarni erta balog‘atga yetishidan asraydi. FIFA bosh kotibi o‘z vaqtida maktabda motosikl hayday olgan ilk o‘quvchi qiz bo‘lganini faxrlanib eslaydi.

U hayotdan erta ketishi ham mumkin edi

Samura BMTda ishlab yurgan chog‘lari Liberiyaga insonparvarlik yuklarini olib boradi va u yerda karvonni 12 yoshli askar-bolakaylar to‘xtatishadi. Yo‘lni bo‘shatish uchun uzoq savdolashishga to‘g‘ri keladi. Muzokaralar yordam bermagach, qurollardan osmonga qarata o‘q uzishga majbur bo‘lishadi.

Shunga o‘xshash boshqa bir voqea Sudanda ro‘y bergan: Fotima boshchiligidagi karvon mahalliy jangarilar tomonidan to‘xtatiladi. Muzokaralar paytida BMTning tajribasiz xodimlaridan biri cho‘ntagiga qo‘l solib, telefonini olmoqchi bo‘ladi. Jangarilar esa telefonni qurol deb o‘ylab, bechorani otib tashlashadi. Bir so‘z bilan aytganda, Samura hayoti davomida ko‘plab dahshatli hodisalarga guvoh bo‘lgan. Demak, jahon futbolidagi mayda-chuyda muammolar - u uchun arzimagan gap.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:39, 26.03.2017.
O'qildi: 7289 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.