"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoada yana ikki yil ishlamoqchi ekanini klubga ma’lum qildi, deya xabar beradi Daily Mail.
67 yoshli mutaxassis yaqinda klub rahbariyati bilan uchrashdi va shartnomasini yana ikki yilga uzaytirmoqchi ekanini aytdi. Rahbariyat mutaxassisga javob bermadi, ammo APLning 30-turida "Manchester Siti" bilan uchrashuv ko‘p narsaga oydinlik kiritishi mumkinligi aytilmoqda.
"Arsenal" ayni vaqtda Angliya chempionatida 6-o‘rinda bormoqda.