Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Navbahor» yoshlari Samarqandda mag‘lub bo‘ldi

«Navbahor» yoshlari Samarqandda mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Mamlakat yoshlar birinchiligining 4-turida Samarqandda “Dinamo” mehmoni bo‘lgan «Navbahor» yoshlari raqibga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Uchrashuvni maydon egalari faol boshlashdi. Samarqandliklar ilk daqiqalarda standart vaziyatlar orqali xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Ana shunday urinishlardan biri 5-daqiqada o‘z samarasini berdi. Islom Sharipov chamasi 28 metrlardan belgilangan jarima zarbasini aniq amalga oshirib hisobni ochdi. Goldan keyin ham “Dinamo” to‘pni nazorat qilishda ustunlikka erishdi. «Navbahor» yoshlari esa 14-daqiqada raqib darvozasiga dastlabki xavfli zarbani yo‘llashdi. Timur Tolipov 21 metrlardan belgilangan jarima zarbasini golga aylantirishga urinib ko‘rdi. Lekin, Tolipovning tepgan to‘pini Toshturdiyev qiyinchilik bilan bo‘lsada maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, endi Nodir Ashurmatov Omad Toyloqovga jarimadan gol urish imkonini bermadi. 32-daqiqaga kelib, mezbonlarda ikkinchi golni urish uchun yaxshigina imkoniyat tug‘ilgandi. Iskandar Xolmirzayev ishlagan penaltini Timur Ergashev amalga oshira olmadi. Ushbu vaziyatda Ashurmatov samarqandlik futbolchining tepgan to‘pini qaytarishga erishdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limini «Navbahor» yoshlari ancha faol boshlashdi. Dastlab Islom Abduqodirov raqib posboni bilan deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqib, gol urishni uddasidan chiqmadi. 57-daqiqada esa Abduaziz Sultonovning to‘p oshirishidan keyin “Dinamo” posboni bilan yuzma-yuz qolgan Bilol Toshmirzayev vaziyatdan samarali foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Goldan keyin ham «Navbahor» yoshlari yaxshi harakat qilishgan bo‘lsa-da, samarqandliklar hisobda oldinga chiqib olishni uddasidan chiqdi. 68-daqiqada Islom Sharipovning jarimadan oshirgan to‘pini Hokimxon Alamxonov boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. «Navbahor» yoshlarida ikkinchi bor hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsada, o‘yin oxirlarida “Dinamo” jamoasi uchinchi bor muvaffaqiyat qozondi. Himoyada yuzaga kelgan xatodan keyin Timur Ablamitov darvozani aniq nishonga oldi.

“Dinamo” – “Navbahor” – 3:1 (1:0).

30 mart. Samarqand. “Olimpiya zaxiralari” o‘yingohi. 95 tomoshabin.
Hakamlar: F.Norsafarov – 8,2, D.SHodiyev – 8,1, A.Axatov – 8,1, G.Hamidov - 8.
Nazoratchi - SH.Jumayev.
“Dinamo”: 46. Rustam Toshturdiyev, 4. Hokimxon Alamxonov, 8. Timur Ergashev (6. Daler Olmasdjanov, 68), 12. Iskandar Xolmirzayev, 15. Laziz Nuriddinov (55. Asadbek Tolipov 80), 17. Umid Radjabov, 22. Timur Fayzullayev (34. Laziz Farruxov, 85), 28. Omad Toyloqov, 42. Fazliddin Yo‘ldoshev (16. Rafael Devlilamov, 76), 70. Ramish Bobomirzayev (18. Anvar Murodov, 63), 95. Islom Sharipov (33. Timur Ablamitov, 78).
“Navbahor”: 12. Nodir Ashurmatov, 2. Bilol Toshmirzayev, 3. Iskandar Siddiqjanov (16. Abdulaziz Nishanbayev, 85), 4. Javohir Olimjonov, 5. Timur Tolipov, 8. Ravshan Xursanov (15. Muzaffar Abdullayev, 80, 17. Ilhom Boydedayev, 18. G‘olibbek Karimov, 22. Abduaziz Sultonov, 48. Akbarali Xoldorov, 70. Islom Abduqodirov (13. Shahzod Hamidov, 83).
Gollar: I.SHaripov (5), H.Alamxonov (68), T.Ablamitov (83) – B.Toshmirzayev (57).
Amalga oshirilmagan penalti: T.Ergashev (32, darvozabon).
Ogohlantirishlar: R.Bobomirzayev (19), U.Radjabov (25), L.Nuriddinov (43, hammasi “Dinamo”).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:31, 30.03.2017.
O'qildi: 6977 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик