Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Bugun Uzbek Tigers jamoasi Astana Arlans bokschilari bilan bellashadi

Bugun Uzbek Tigers jamoasi Astana Arlans bokschilari bilan bellashadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Uzbek Tigers boks jamoachi Jahon boks seriyasi 5-tur doirasida Qozog‘istonning Astana Arlans klubi bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bellashuvlar 1 aprel kuni poytaxtdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jamoalar tarkibi e’lon qilinib, vazn tortish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston nomidan janglarda Hasanboy Do‘smatov (12−0), Abdulhay Shorahmatov (5−0), Elnur Abduraimov (5−2), Isroil Madrimov (1−0) va Zuhriddin Mahkamov (1−0) qatnashadi. Katta murabbiy To‘lqin Qilichev, murabbiylar Rahmatjon Ro‘ziohunov va Ravshan Xo‘jayev bokschilarni ringga olib chiqadi.

Qozog‘iston nomidan bosh murabbiy Nurlan Akurpekov rahbarligi ostida Temirtas Jusupov (8−4), Ilyas Suleymenov (3−2), Dilmurat Mijitov (1−1), Saparbay Aydarov (1−0) va Anton Pinchuk (2−0) ringga chiqadi.

«O‘zbek arslonlari» uch turdan so‘ng 6 ochko to‘plagan holda «S» guruhida ikkinchi o‘rinni band etib turibdi. Astana Arlans yuz foizlik natija (12 ochko) bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Rossiyaning Patriot Boxing Team (4 ochko) va Xitoyning China Dragons (3 ochko) jamoalari keyingi o‘rinlarni band etgan.

Qozog‘iston jamoasi bilan kechgan birinchi uchrashuv «Ostona bo‘rilari» foydasiga 4:1 bilan yakunlangan edi.

Juftliklar tarkibi:

49 kg. Hasanboy Do‘smatov — Temirtas Jusupov;

56 kg. Abdulxay Shorahmatov — Ilyas Suleymenov;

64 kg. Elnur Abduraimov — Dilmurat Mijitov;

75 kg. Isroil Madrimov — Saparbay Aydarov;

91 kg. Zuhriddin Mahkamov — Anton Pinchuk.

 

Manba: gazeta.uz
Kiritildi: 11:04, 01.04.2017.
O'qildi: 10382 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик