"Oltin to‘p" uchun kurash haqida gapirgan Lamin Yamal yaqinda o‘zi va Kilian Mbappeni ayni paytda dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi deb hisoblashini aytgan edi.
El Nacional xabariga ko‘ra, ispaniyalik vingerning bu bayonoti "Barselona" kiyinish xonasida ma’lum darajada noqulaylik keltirib chiqargan.
Ayniqsa, Yamalning so‘zlari Rafinya va Rodriga yoqmagan. Manba ta’kidlashicha, har ikki futbolchi ham o‘zini dunyo futboli elitasiga mansub o‘yinchilar qatorida ko‘radi.
"Yulduz futbolchilarga boy kiyinish xonasida o‘zini boshqalardan ustun deb ko‘rsatish, o‘zini ham eng yaxshilardan biri deb hisoblashga yetarli asosga ega jamoadoshlarga nisbatan hurmatsizlik sifatida qabul qilinishi mumkin", — deyiladi manba xabarida.
Qayd etilishicha, endi Xansi Flik uchun vaziyatni nazorat ostiga olish va jamoadagi muhit yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyat kasb etadi.













