Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Interfutbol.uz blogida: Termamiz arosatli o‘yinini unutib, farosat taktikasiga qayta oladimi?

Interfutbol.uz blogida: Termamiz arosatli o‘yinini unutib, farosat taktikasiga qayta oladimi?

Baho:
+ | -

G‘alaba va mag‘lubiyat orasidagi o‘yinlar (bu o‘rinda «uchrashuv» yoki «bahs» iborasini ishlatishdan tiyildik, zero, «o‘yin» so‘zi har doim ham bu terminlarga sinonim bo‘lmaydi)dan charchagan muxlislar bugun milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabidan fusunkor farosat taktikasini kutishmoqda. Chunki keyingi 3ta bahsda arosat uslubidagi o‘yin bilan g‘olib chiqish qiyinligini barcha yaxshi tushunib turibdi. Kuchli raqiblarni dovdiratadigan kutilmagan uslubiy loyihalarning nazariy jihatlarini ishlab chiqish uchun oldinda vaqt yetarli.

Bosh jamoamiz Samvel Babayan rahbarligida shu vaqtgacha tushunarsiz va arosat uslubda to‘p surdi va faqat mislsiz, yana takrorlaymiz, mislsiz or-nomus kuchi bois, qiyin g‘alabalarga erishdi. Qatar termasiga qarshi kechgan azobli uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Odil Ahmedov beqiyos jonfidolik ko‘rsatmaganida, ochig‘i, natija ijobiy ko‘rinish olishi amri-mahol edi.

Shunday vaziyatlar bo‘ldiki, Odil o‘zida emas, o‘zidan chiqib ketgandek tuyuldi. Butun jamoa, hattoki, zaxiradan maydonga tushganlar ham bo‘shashib, qotib qolgan pallada Odil yolg‘iz o‘zi oldinga tashlandi. Holbuki, u ham charchagandi, og‘riqlardan aziyat chekayotgandi. Nazarimizda, jamoa sardori go‘yo hushsiz holatda, ming-minglab nigohlarni unutib, o‘zga sayyoraliklar kabi yelib- yugurdi, yutunib-yutoqib to‘p tepdi.

Nima uchun? Unga qanday kuch ta’sir o‘tkazdi? Suriya termasi bilan safarda o‘tgan alamli uchrashuvda Odilda ham bu kabi holat kuzatilmagandi-ku?! Fikrimizcha, uning ko‘zlari muxlislar davrasida o‘tirib, maydonga umidvor boqqan va boshini quyi eggan otasiga tushdi.

O‘sha lahzadan so‘ng Odildagi yangi imkonlar ko‘z ochdi. Bosh­qacha aytganda, futbolchi qayta uy­g‘ondi. Nozikta’b operatorlarning o‘tkir nigohi izlab topgan o‘sha lahza bo‘lmaganida, balki Odil ham olovlanmasdi. Negaki, unda va jamoadoshlarida tabiiy olov­qalblik nish urganida, termamiz suriyalik futbolchilardan mag‘lubiyatga uchramasdi. Demoqchimizki, 28 mart oqshomida maydon «magiya»si o‘z missiyasini sharaf bilan bajardi.

Xo‘sh, nima sababdan bugun ham shu mavzudagi mulohazalarni davom ettir­yapmiz? Javob oddiy: o‘tgan ish ortda qoldi, mag‘lubiyat va g‘alaba tarixga aylandi, endi maydon «magiya»siga umid bog‘lash joiz! Vakillarimiz navbatdagi raqiblarni ishtiyoqsiz, ayni chog‘da ishtiyoqning o‘zi bilangina yengisholmaydi. Keyingi uchrashuvlarda ham futbolchilarimizni oriyat olovi qizdirishi darkor, ammo g‘alaba uchun bu qaynoqlikning ta’siri ham kamlik qiladi.

Kezi kelganda, arslon na’rasi tinadi va sherning qudrati-da raqib qoshida bosh egadi.  «Mash’al» qanday porladi va «sherlar» qudratini qay yo‘sin jilovladi?

Davomi iff.uz saytida.

Kiritildi: 18:16, 04.04.2017.
O'qildi: 14152 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик