Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Intervyu. Jilberto Silva: «Konfederasiyalar kubogi tayyor tajriba»

Intervyu. Jilberto Silva: «Konfederasiyalar kubogi tayyor tajriba»

Baho:
+ | -

Braziliyalik Jilberto Silva FIFA tomonidan har 4 yilda bir marta tashkillanadigan Konfederasiya kubogida g‘alaba qozonish qandayligini juda yaxshi biladi. Zero, u «pentakampeonlar» bilan bu musobaqada ikki bora g‘oliblar shohsupasiga ko‘tarilgan - 2005 yili Germaniyada va yana 4 yildan keyin JARda. Shunday ekan, Konfederasiyalar kubogi-2017 bosh sovrini taqdimoti «selesao»ning sobiq vakilida eng yorqin va yoqimli xotiralarni uyg‘otgan bo‘lsa, ajabmas.  Aniqroq aytsak, u 16 mart kuni Sidneyda o‘tkazilgan taqdimot marosimida ishtirok etdi. Zero, FIFA talabiga ko‘ra, «chempionlar turniri» kubogi bo‘lajak musobaqaning har bir ishtirokchi-mamlakatida namoyish qilinmoqda. Jilberto Silvaga kengurular yurtida Avstra-liya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Garri Kyuell hamrohlik qildi. Braziliyalik faxriy shundan so‘ng Yangi Zelandiyaga yo‘l oldi va u yerda mahalliy yulduz Ivan Vichelich bilan ham shu missiyani bajardi - kubokni omma e’tiboriga havola etdi. Yaponiya|J.Koreya-2002 mundiali g‘olibi shuning barobarida FIFA.com saytiga intervyu berdi. Aytish joiz, 40 yoshli Jilberto hamon katta futbol ichida. To‘g‘rirog‘i, Braziliyaning «Atletiko Mineyro» jamoasida o‘ynashda davom etyapti.

- Jilberto, Konfederasiyalar kubogini ikki marta boshingiz uzra baland ko‘targansiz. Sizningcha, muvaffaqiyat omili nimalardan iborat?

- Barchasi oddiy: tinimsiz mehnat va maydonda bor kuchni ishga solish. Xususan, Konfederasiyalar kubogiga to‘xtalsam, bu alohida e’tibor talab qiladigan turnir. Birinchidan, uning muddati ancha qisqa, o‘yinlar orasida tiklanish uchun vaqt kam bo‘ladi. Ikkinchidan, bittagina omadsiz uchrashuv vaziyatni keskin og‘irlashtirishi hech gap emas. Shunday ekan, birinchi o‘yindanoq to‘liq kuch bilan ishlash kerak. Agar turnirda g‘alaba qozonishni xohlasangiz, albatta. Demoqchimanki, bu musobaqaning siz va jamoangiz, umuman, yurtingiz uchun muhimligini teran tushunishingiz muhim. Aks holda, hech narsaga erisholmaysiz. Tabiiyki, raqiblar anoyi emas, axir har bir qit’aning eng kuchli jamoalari bilan o‘ynashingizga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda ozgina xotirjamlik ham qimmatga tushishi mumkin. Shuningdek, oxirgi vaqtlarda futbol olamida «kichik» terma jamoalarning «syurpriz» ulashishni o‘rganib olganini unutmaslik kerak.

- Faxrli kubokni qo‘lga olgach, qanday hissiyotlarni boshdan kechirganingiz esingizdami?

- Har bir musobaqadagi g‘alaba - bu orzuning ushalishi va og‘ir mehnatingiz samarasi. Tushunarliki, yakuniy zafar lahzalari futbolchining qalbiga muhrlanadi. O‘z misolimda aytsam, hattoki, hozir ham o‘sha vaqt qanday holatga tushganimni so‘z bilan ifodalab berolmayman. Takrorlanmas tuyg‘ular... O‘zingizga ma’lum, g‘alaba onlarida ayrimlar beixtiyor sevinch ko‘z yoshlarini to‘kishadi, boshqa birovlar raqs tushishadi yoki qandaydir telbalikka yo‘l qo‘yishadi. Hammasi ehtirosdan. Xullas, har kim g‘alabani turlicha nishonlaydi. Lekin ishonchim komil, hamma maksimal darajada rohatlanadi.  Bu nimaligini faqat shohsupaga ko‘tarilganlargina bilishadi. O‘ylaymanki, kuchli e’tibor, tinimsiz mashg‘ulotlar va tayyorgarlik jarayoni charchog‘i aynan g‘alaba evaziga tarqalib ketadi.

- Xo‘sh, siz ishtirok etgan va Braziliya terma jamoasining g‘alabasi bilan tugagan 2ta Konfederasiyalar kubogi turniriga bog‘liq eng yoqimli lahzani ayta olasizmi? Ya’ni o‘zingiz uchun eng unutilmas voqeylik nima?

- Bu borada hech ikkilanmay, 2009 yilgi turnir finalida AQSH termasiga qarshi kechgan o‘yinni tilga olishim mumkin. Uchrashuv boshlanmasidan raqib osongina taslim bo‘lmasligini tushungandik. Zero, amerikaliklar ayniqsa, himoyada mustahkam qo‘r-g‘ondek taassurot qoldirishgandi. Shunga yarasha, hujumkorlikka zo‘r berganmiz va raqib bunga dosh berolmagandi. Aslida AQSH termasi bosimdan xoli edi, ya’ni hech kim undan g‘alaba kutmasdi. Boz ustiga, birinchi bo‘limda darvozamizdan 2 marta to‘p olib chiqqandik. Muhimi, ikkinchi 45 daqiqalikda tinimsiz hujumlar uyushtirib, amerikaliklarni o‘z jarima maydonlari ichiga qamab qo‘ydik. Xullas, yakunda hisobni 3:2ga aylantirishga muvaffaq bo‘lgandik. Bunday ssenariy ostida g‘alaba qozonish ikki hissa yoqimli. Umuman, o‘yinning o‘zi hayajonga boy o‘tgandi. Boshidan voqealarning kutilmagan darajada tus olishidan hattoki, biroz muvozanatni yo‘qotib ham qo‘yganmiz. Axir o‘yin debyutidayoq hisobda ikkita gol farqi bilan ortda borish xayolimizga ham kelmagandi. Qisqasi, esdan chiqmaydigan g‘alaba.

- Bo‘lajak musobaqada Braziliya terma jamoasi ishtirok etmaydi. Fikringizcha, qaysi jamoa bosh sovrin uchun asosiy da’vogar hisoblanadi?

- Germaniya va Portugaliya termalari. Negaki, bu jamoalar eng kuchli turnirlarning amaldagi g‘olibi sanaladi. Biri jahon chempioni bo‘lsa, ikkinchisi Yevropada tengsiz ekanligini isbotladi. Shu faktning o‘ziyoq nemislar va portugallarga favoritlar sifatida qarashni taqozo etadi. To‘g‘ri, shuning barobarida bu jamoalar zimmasida qo‘shimcha mas’uliyat ham yo‘q emas. Umuman, favorit maqomi o‘z yo‘liga, bu aynan nemislar yoki portugallar g‘alaba qozonishlarini anglatmaydi. Konfederasiyalar kubogi kutilmagan natijalar bilan ham ajralib turadi. Yuqorida aytganimdek, start­danoq hushyor o‘ynamagan jamoaning noqulayliklarga duch kelishi hech gap emas. Muhimi, bu musobaqa ayniqsa, terma jamoalar tarkibiga qo‘shilgan yangi futbolchilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Demoqchimanki, ular o‘yinlar orqali mamlakat bosh jamoasida o‘ynashga qodir ekanliklarini isbotlashga urinishadi. Bunday yondashuv jahon chempionati startidan bir yil avval o‘tadigan turnirga o‘zgacha shiddat bag‘ishlaydi.

- Rossiya-2017 musobaqasida ishtirok etuvchi futbolchilardan kimlar o‘yinini alohida tomosha qilishni xohlardingiz?

- O‘zi Konfederasiyalar kubogida hech qachon ajoyib ijrochilar tanqisligi kuzatilmagan. Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas - har bir ishtirokchi turnirda eng kuchli tarkibiga tayanishni xohlaydi. Shunday ekan, muxlislar uchun chiroyli futbol kafolatlangan. Misol uchun, navbatdagi Konfederasiyalar kubogini olaylik. Rossiya turnirida Krishtianu Ronaldu va Aleksis Sanches kabi mega-yulduzlarning qatnashishlari ehtimoli ancha baland. Endi aytingchi, bunday saviyadagi ijrochilar harakatlari kimni befarq qoldiradi?

- 2013 yilgi turnir yurtingiz - Braziliyada tashkil etildi. Aytish joiz, vatandoshlaringiz mezbonlikni o‘rniga qo‘yishdi. Bu borada rossiyalik muxlislarga qanday maslahat bera olasiz?

- Avvalo, ularga o‘yinlardan chinakamiga zavq olishni tilayman. Muxlislar shunchaki, turnirni ulkan voqelik sifatida qabul qilsalar, bas. Shubha yo‘q, bu kabi musobaqalar har qanday mamlakat uchun qimmatli tajribadir. Misol uchun, Braziliya-2013 turnirini olaylik: deyarli barcha o‘yinlar qoyilmaqom darajada o‘tib, ulardan olam-olam taassurotlar qoldi. Rossiyaliklar ham Konfederasiyalar kubogidan maksimal naf olishga harakat qilishlari kerak. Ishonchim komil, ular mundialga bir yil qolgan vaqtda bebaho tajriba hosil qilishadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:36, 06.04.2017.
O'qildi: 5903 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.