Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Andrey Miklyayev: "O‘yin qanchalik muhim ekanini yaxshi tushunib turibmiz"

Andrey Miklyayev: "O‘yin qanchalik muhim ekanini yaxshi tushunib turibmiz"

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhi 4-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Istiqlol” (Tehron) uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “temiryo‘lchilar” ustozi Andrey Miklyayev va yarim himoyachi Ikrom Aliboyev o‘z fikrlarini bildirdi.

“Ertangi o‘yin qanchalik muhim ekanini yaxshi tushunib turibmiz. Guruhdan chiqish uchun ertaga faqatgina g‘alaba qozonish kerak. Buni murabbiylar ham, futbolchilar ham biladi. Bellashuv biz uchun omadli kechishiga umid qilamiz. Safarda “Istiqlol”ga mag‘lub bo‘ldik, ammo ayta olamanki, bu jamoani mag‘lubiyatga uchratish mumkin.

Futbolda omad ham kerak bo‘ladi. “Sho‘rtan” bilan o‘yinni oladigan bo‘lsak, o‘sha kuni omad bizdan yuz o‘girgandi. Umuman olganda, himoya chizig‘idan shikoyatim yo‘q, chunki ko‘p gol o‘tkazmayapmiz. Ba’zida tajribalar qilib, futbolchilarni almashtirib turamiz. Masalan, qaysidir o‘yinda Bobur Yo‘ldoshev maydonga tushsa, ba’zida Muhammad Kone o‘ynaydi.

Afsuski, bo‘lajak o‘yin oldidan yo‘qotishlar bor. Shuhrat Muhammadiyev jarohatidan forig‘ bo‘lishga ulgurmadi. Shuningdek, Samalat Qutiboyevda ham jarohat bor.Muhammadiyev va Qutiboyev ertaga maydonga tushmaydi. Shuningdek, Temur Kapadzeda yengil jarohat bor. Uning ertangi o‘yinda maydonga tushishi bugun ma’lum bo‘ladi”, – dedi Andrey Miklyayev.

“Ertaga bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. Sababi, guruhdagi barcha jamoalar bir-biriga yaqin joylashgan. Umid qilamanki, ertangi o‘yin ijobiy natija bilan bizning foydamizga hal bo‘ladi”, – dedi Ikrom Aliboyev.

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Istiqlol” uchrashuvi ertaga, 11 aprel kuni TTZ mavzesidagi “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 16:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 14:07, 10.04.2017.
O'qildi: 7414 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик