Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Xitoy, Qatar va BAAdan keyin Iroq termasi ham bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

Xitoy, Qatar va BAAdan keyin Iroq termasi ham bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

Baho:
+ | -

Iroq milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roziy Shenaishil iste’foga chiqarildi.

Socceriraq xabariga ko‘ra, Iroq futbol assosiasiyasi hamda mamlakat Olimpiya qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida shunday qarorga kelingan. Boisi Shenaishil Iroq termasiga JCH-2018 chiptasini taqdim eta olmadi.

Iroqliklar saralash bosqichi yakuniga 3 ta tur qolganida olti jamoa orasida beshinchi bo‘lib turibdi. Bu esa yetakchilar hisoblangan Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Avstraliya kabi termalarga yetib olish imkonini bermaydi.

Shenaishildan bo‘shab qolgan o‘ringa braziliyalik Markos Paketa nomzodi ko‘rib chiqilmoqda. U katta ehtimol bilan Iroq termasini 2019 yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi sari tayyorlaydi.

Ma’lumot uchun, JCH-2018 saralashidagi ishtirokini davom ettirayotgan 12 mamlakatning uchdan biri murabbiyni iste’foga chiqarib ulgurdi. O‘zbekiston termasiga qarshi mag‘lubiyat sabab Qatar va Xitoyda murabbiy o‘zgargan bo‘lsa, keyinroq BAA FA Mahdi Aliga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:02, 11.04.2017.
O'qildi: 7041 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик