«Atletiko» himoyachisi Filipe Luis jamoadoshi Antuan Grizmanning hech qayerga ketmasligiga ishonchi komil.
«Bu yerda muhokama qilishga loyiq gap yo‘q. Ishonchimiz komil, Grizmann jamoada qoladi.
U kundan-kunga o‘yinini rivojlantirib bormoqda. U - ajoyib futbolchi va kelajakda «Oltin to‘p» sohibi bo‘lishi mumkin» - dedi Goal xabarida Felipe Luis.