Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

2017 yil Qo‘qon futboli uchun muhim voqealarga boy bo‘ldi

2017 yil Qo‘qon futboli uchun muhim voqealarga boy bo‘ldi

Baho:
+ | -

2017 yil Qo‘qon futbolida unutilmas onlarga boy bo‘lmoqda.

Aniqrog‘i, o‘zbek futboli vatani tarixiy voqealar guvoh bo‘lmoqda. Fevral oyida “Qo‘qon-1912” jamoasi Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan “Hokim Kubogi bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritib, tarixiy natijani qayd etgandi. Bahorning birinchi oyi ham qo‘qonlik futbol ixlosmandlariga bir qator muhim hodisalarni taqdim etdi.

Bu yil tarkibi tajribali futbolchilar bilan to‘ldirgan jamoa 10 mart kuni Oliy liga-2017dagi birinchi ochkosini qo‘lga kiritdi. Vakillarimizga ilk ochkoni taqdim etgan golga jamoamizning legioner futbolchisi Filip Rayevas mualliflik qildi. 18 mart kuni Qo‘qonda “Qizilqum”ni mag‘lub etgan No‘’mon hasanov shogirdlari chempionatdagi birinchi g‘alabani tantana qilishdi.

Shundan keyin FIFA kunlari munosabati bilan kichik tanaffus yuzaga keldi. Aynan shu tanaffus davomida bir qator muhim hodisalar sodir bo‘ldi.

Avvaliga “Qo‘qon-1912” futbolchisi Bahodir Pardayev Janubiy Koreyaning “Bucheon 1995” jamoasi a’zosiga aylandi.

Mavsum boshida hujumchi bilan tuzilgan shartnomada agar unga xorij klublardan taklif tushsa, uni qo‘yib yuborish mumkin, degan band bor edi. Qolaversa, Pardayevning kelajagini uylab ham shunday qarorga kelindi. Axir o‘yinchilarimizga har doim ham bunday imkoniyat bo‘lmasligi mumkin. Shu tariqa, o‘zbekistonlik legioner futbolchilar soni yana bittaga ko‘paydi.

Shundan keyin Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi 21–27 mart kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazdi.

Yig‘in doirasida Jasur Abduraimov shogirdlari 23 mart kuni Qatar U-22 termasiga qarshi, 25 mart kuni esa Kanada U-22 termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi.

Ushbu yig‘inga «Qo‘qon-1912» asosiy tarkibining ikki vakili – Javohir Sidiqov va Andrey Sidorov taklif etildi. Har ikki futbolchimiz ham yoshlar terma jamoasi safida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.

Qo‘qonlik futbol ishqibozlarini xursand etgan yana bir xabar esa – Aleksandr Merzlyakovning O‘zbekiston milliy terma jamoasiga taklif etilgani bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qatar terma jamosiga qarshi kechgan o‘yin oldidan bosh jamoamiz murabbiylari “Qo‘qon-1912″ himoyachisi Aleksandr Merzlyakov O‘zbekiston terma jamoasiga chaqirishdi. Aleksandr esa terma jamoamizning g‘alabasida o‘zining munosib hissasini qo‘sha oldi.

31 mart sanasi ham Qo‘qon futbolida zarhal harflar bilan yozilsa ajab emas. Futbolchilar mart oyining so‘nggi kunida Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida “Neftchi”ga qarshi maydonga tushishdi. Shiddatli va keskin kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda jamoa a’zolari raqibni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi va navbatdagi tarixiy natijani qayd etishdi.

 

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 17:05, 11.04.2017.
O'qildi: 5425 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.