Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

“Andijon” FK a’zolari bolalar shaharchasiga tashrif buyurdi

“Andijon” FK a’zolari bolalar shaharchasiga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Bugun “Andijon” futbol klubi rahbariyati va futbolchilari “Bolalar shaharchasi”ga tashrif buyurib, u yerdagi bolalar bilan uchrashdi.

Shuningdek ushbu tadbirda Andijon viloyati futbol federasiya, O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi – Andijon viloyati filiali, sport ko‘mitasi rahbariyati ham ishtirok etib, bolalarga bir qator estalik sovg‘alarni ulashdi. Uchrashuv avvalida rahbariyat a’zolari so‘z olib, bolajonlarga klub haqida ma’lumot berib, ularni sportning nafaqat futbol turi bilan balki boshqa sport bilan ham shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar borligini ta’kidlab o‘tdi.

Futbolchilar nomidan esa tajribali hujumchi Anvar Berdiyev so‘z olib, o‘z dil izhorlarini bildirdi va millionlar o‘yini bilan jiddiy shug‘ullanishni ko‘zlayotganlarni doimo o‘z ustida ishlashi kerakligini ta’kidladi va “Andijon”ning har bir uy o‘yiniga tashrif buyurishlarini va qo‘llab-quvvatlashga chorladi. Qolaversa “burgutlar”ning tajribali o‘yinchilari bo‘lgan Sanjar Asqaraliyev, Ibrohim Otaxonov va Farhod Bekmuratov ham bolajonlar bilan suhbatda bo‘lib bolajonlarni qiziqtirgan savollariga javob berib o‘tishdi. Ularni kelajakda futbolchi bo‘lib yetishishi uchun mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratilayotganligi haqida aytib o‘tishdi. Uchrashuv chog‘ida “Andijon” a’zolari bolalar shaharchasidagi tarbiyalanuvchilarga turli xil sovg‘a-salom va sport anjomlarini taqdim qilishdi. Shuningdek, shiringina bolajonlar o‘zlari havas qiladigan futbolchilar bilan esdalik uchun suratga tushish imkoniga ega bo‘lishdi. O‘z navbatida Bolalar shaharachasining rahbariyati va tarbiyalanuvchilari ham so‘z olib tadbir ishtirokchilariga hamda “Andijon” futbol klubiga omad tiladilar.

Tadbir davomida professional futbolchilar tomonidan bolajonlarga master-klass o‘tkazildi va ikki tarkibga bo‘lingan xolda o‘zaro o‘yin tashkil etildi. Unda 1:1 hisobi qayd etildi. Bizning kelajagimiz bo‘lmish bolajonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash xalqimizning eng ajoyib fazilatlaridan biri. “Andijon” futbol klubi bu kabi tadbir va uchrashuvlar tashkil etishda davom etadi. Zero, bunday tadbirlardan maqsad farzandlarimizning kelajakda Vatanimiz sharafini himoya qiladigan, bayrog‘ini halqaro maydonlarda yuqoriga ko‘taradigan insonlar bo‘lib yetishishida oz bo‘lsa ham ulush qo‘shishdir.

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 22:28, 13.04.2017.
O'qildi: 4386 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.