Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbek futboliga legionerlar kerakmi?

O‘zbek futboliga legionerlar kerakmi?

Baho:
+ | -

Zamonaviy futbolni legionerlarsiz tasavvur qilish mushkul bo‘lib qoldi. Harqalay, xorijlik futbolchilar xizmatiga ehtiyoj sezmaydigan klub qolmadi, hisob. To‘g‘ri, «yopiq» mamlakatlar chempionatlari uchun «legioner» atamasi hamon mutlaqo yot ibora. Lekin yer yuzida bunday davlatlar ko‘p emas. Shuningdek, sanoqli klublar ichki transfer siyosati sabab, o‘z tarkibiga xorijlik futbolchi qo‘shib olishdan tiyiladi. Bundaylar orasida «Atletik» (Bilbao) alohida o‘rin tutadi. Zero, bu jamoa faqat bask millatiga mansub o‘yinchilarga tayanishni ma’qul ko‘radi. Mohiyatan olganda, chet ellik sportchini xorijdan jo‘natilgan import mahsulotlariga qiyoslash mumkin qaysidir ma’noda. Ya’ni futbol olamida ham bunday «tovar»larga talab katta.

O‘SISH SUR’ATI

Umuman olganda, professional klublar tarkibida xorijlik futbolchilar soni tobora oshib bormoqda. Zero, globallashuv jarayoni ayniqsa, jamiyat hayotining sport bo‘g‘inida jadal sur’at oldi. Mana, Yevropaning kuchli 5ta milliy chempionatini olaylik: 1995 yili jami futbolchilardan atigi 9,1 foizigina legioner hisoblangan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich naq 5 baravar ko‘paydi. Oddiy aytganda, endilikda Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya oliy divizionlarida o‘ynayotgan futbolchilardan 46,7 foizi legioner maqomiga ega. E’tibor bering, kuchli ligalarda xorijliklar va mahalliy futbolchilar nisbati deyarli tenglashdi. Maxsus diagrammada yaqqol ko‘rinib turibdi, legionerlar oqimi ayniqsa, 1995 yildan keyin misli ko‘rilmagan darajada kuchaygan. Buning sababi oddiy: aynan o‘sha vaqtda kuchli ligalarda xorijlik futbolchilar uchun belgilangan qat’iy cheklovlar bekor qilingandi.

UMUMIY ULUSH

Agar barcha qit’alardagi eng kuchli 37ta liga bo‘yicha hisob-kitob qilinsa, ularda xorijliklarning umumiy foizi 26,6ga tengdir. Boshqacha aytganda, jahon futbolidagi reytingi baland 37ta chempionatda har 4 nafar futbolchining biri legionerdir. Bu borada Yevropa va Amerika milliy ligalari oldinda. Chunonchi, ularda xorijliklar uchun joriy qilingan limit darajasi ancha past. Osiyoda esa hamon qat’iy cheklov mavjud va shuning uchun «sariq qit’a»dagi liga jamoalari tarkibida legionerlar ulushi ancha kam. Lotin Amerikasidagi umumiy holat esa biroz boshqacha. U yerdagi klublar o‘z tarbiyalanuvchilarini asosan G‘arb jamoalariga sotishni xohlaydi. Axir transferlar muhim daromad manbai hisoblanadi. Shu bois, klublarda chetdan futbolchi xarid qilish emas, balki sotishga ko‘proq e’tibor qaratiladi.

YOSH VA POZISIYA MASALASI

E’tiborli va qiziqarli fakt: nisbatan katta yoshli xorijlik futbolchilarga talab katta. Jahondagi 37ta liga bo‘yicha olsak, 28 yoshdan katta futbolchilarning 33,8 foizini legionerlar tashkil etishadi. 21 yoshdan kichik xorijliklar esa ancha kam - atigi 13,2 foiz. Shuningdek, alohida tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, milliy chempionatlar vakillari orasida yarim himoya va hujumda o‘ynaydigan xorijliklarga ehtiyoj ko‘proq. Ayniqsa, hujumchilarga. Harqalay, klublar legioner jalb etishda, avvalo, shu ikki chiziq vakillariga e’tibor qaratadi, keyin himoyachi va darvozabonga. Buni ham oddiygina izohlash mumkin: murabbiylar hujum guruhida o‘zgacha harakatlanuvchi ijrochilarni ko‘rishni istashadi. Xorij tajribasi - ayni muddao.

LOTIN AMERIKASIDAGI HOLAT

Lotin Amerikasi futboli va legionerlar munosabati hali uncha rivojlanmagan. Xususan, iqtidorlar makoni sanalgan Braziliyada xorijliklarga talab juda past. Futbolchilar «fabrika»si qiyos mamlakatda klublar avvalo, o‘z tarbiyalanuvchilariga imkon berishni ma’qul ko‘radi. Urugvay xususida ham xuddi shunday deyish mumkin. Meksika esa legioner jalb etish masalasida hudud peshqadamidir. Bu yurtda naq 34,1 foiz futbolchi xorijlik ekanligini soha akademiyalari saviyasi ancha pastligi va nisbatan yaxshiroq moliyaviy imkoniyatlar bilan izohlash mumkin. Lotin Amerikasi futbolining alohida xususiyati shuki, unda xorijlik darvozabonlar foizi ancha baland. Ya’ni mavjud kiperlardan 15,1 foizi xorij mamlakatlaridan taklif etilgan.

OSIYODAGI HOLAT

Osiyo futboli doimo o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Agar aksariyat milliy chempionatlarda legionerlarga nisbatan jiddiy limit joriy etilmaganida, balki qit’ada xorijlik futbolchilar son bo‘yicha mahalliy tarbiyalanuvchilardan o‘zib ketisharmidi? Tabiiyki, OFK tashabbusi bilan amalda qo‘llanilayotgan qat’iy cheklovdan maqsad bitta: mahalliy yigitlarga yetarli darajada o‘yin amaliyoti taqdim etish va shu orqali milliy terma jamoalarni yuksaltirish. To‘g‘ri, Osiyoda ham bu borada ancha yuqori ko‘rsatkichga ega mamlakat yo‘q emas. E’tibor bering, Qatar Yulduzlar ligasida o‘ynayotgan futbolchilardan 36,6 foizi xorijdan tashrif buyurgan, albatta, katta daromad ilinjida. Osiyoliklar ham boshqa hududlarda bo‘lgani kabi birinchi navbatda, «import» hujumchilar taklif etishga harakat qilishadi. O‘rtacha hisobda chempionatdagi deyarli har 3 nafar hujumchidan biri legioner maqomiga ega - 31,1 foiz.

YEVROPADAGI HOLAT

«Ko‘hna qit’a»ning aksariyat milliy chempionatlarida xorijlik o‘yinchilarga nisbatan qo‘yilgan cheklov ancha «yomshoq». Futbol mutasaddilari o‘tgan asrning 90-yillaridagi islohotlardan so‘ng bu masalaga xolisona yondasha boshladilar. Angliya premyer-ligasi - alohida mavzu. Jahonning eng kuchli birinchiligida mahalliy futbolchilardan ko‘ra, xorijliklar ko‘p. Oddiy aytganda, jami o‘yinchilardan 66,4 foizi legioner maqomiga ega. Bunday yuqori ko‘rsatkich boshqa hech bir ligada yo‘q. Belgiya, Italiya, Turkiya, Portugaliya va Germaniyada esa legionerlar ulushi 50 foizdan baland. Tahlil uchun olingan mamlakatlar orasida eng past natija Ukrainaga tegishli. Bunga mamlakatdagi siyosiy beqarorlik sababdir. Aslida 3-4 yil oldin ham Ukraina chempionati xorijlik futbolchilar uchun juda qulay sanalardi. Pozisiyalar masalasi qanday? Yevropada ham legioner-hujumchilarga qiziqish kuchli. Oldingi chiziq vakillari son jihatidan mahalliy forvardlardan ustunlar. Qolgan amplualarda esa deyarli tenglik saqlanib turibdi.

MLSdagi holat

MLS jamoalarida jorijlik futbolchilar katta rol o‘ynashadi. Aksariyat ishtirokchilar tarkibi asosini aynan ular tashkil etishadi. Deylik, 3ta klub ixtiyorida 15 nafardan ko‘p xorijlik bor. Liganing bosh maqsadi - tezroq muxlislar e’tiborini qozonish. Xususan, xorijda ham mashhurlikka erishish. Amerikaliklar ayniqsa, yevropalik muxlislarni o‘zlariga qaratmoqchilar. Shu maqsadda legionerlarga nisbatan hech qanday limit joriy etishmagan. Qiziqarli fakt shuki, mahalliy va xorijlik golkiperlar o‘rtasidagi nisbat ancha katta. Aniqrog‘i, atigi 15 foiz darvozabon legioner hisoblanadi. Vaholanki, hujumchilar ko‘rsatkichi deyarli 61ga 39 - xorijliklar foydasiga.

Ha, zamonaviy futbolda legionerlar roli katta, shubhasiz. Birinchidan, xorijlik o‘yinchilar sabab, turli o‘lkalarda liga uchrashuvlariga qiziqish ortadi. Ikkinchidan, o‘z tarkibida turli maktab vakillarini jamlagan jamoalar o‘yinida xilma-xillik darajasi oshadi. Shunday bo‘lsada, futboldagi globallashuvni ma’qullash yoki ma’qullamaslik har kimning ixtiyorida...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:56, 14.04.2017.
O'qildi: 9072 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.