Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Oliy liga: eng kam mag‘lubiyat «Obod»da, eng ko‘pi esa «Andijon»da...

Oliy liga: eng kam mag‘lubiyat «Obod»da, eng ko‘pi esa «Andijon»da...

Baho:
+ | -

2005 yil 6 iyulda tashkil topgan «Bunyodkor» oliy ligaga ilk marta 2007 yili tashrif buyurib, yakunda kumush medal sohibiga aylangandi. 2007-2008 yillarda «Quruvchi» nomi ostida faoliyat yuritgan jamoa 2009 yili butun mavsumni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi (28 g‘alaba, 2 durang). Bunday holat oldin «Neftchi» (1994 yil, 21 g‘alaba, 9 durang) hamda «Paxtakor» (2007 yil, 26 g‘alaba, 4 durang) bilan ham yuz bergandi. «Sherlar» keyinroq yana butun mavsumni mag‘lubiyatsiz o‘tkazishni uddalashgan (2014 yil, 23 g‘alaba, 3 durang).

2017 yil 6 aprel sanasida «qaldirg‘ochlar» o‘z uylarida Zarafshonning «Qizilqum» klubini qabul qilib, o‘z tarixlarida (oliy liga doirasida) 30-marta imkoniyatni boy berishdi. Bu klub 2007 yildan buyon elitada ishtirok etayotgan bo‘lsa, uning hisob bo‘yicha 30-mag‘lubiyati oradan 10 yil o‘tib yuz berdi. «Bunyodkor»ni yengish atigi 13ta klubga nasib qilgan. Jamoaning eng yirik mag‘lubiyati 0:3 bo‘lib, bunday hisob bir marta uchragan. «Qaldirg‘ochlar»ning oliy ligada jami 284ta o‘yin o‘tkazishganini inobatga olsak, mag‘lubiyatlar jami o‘yinlarning 10,6 foizini tashkil etishi oydinlashadi.

«Metallurg» (2007 yil), «Paxtakor» va «Nasaf» (2014), «Neftchi» (2015 yil) bir mavsumning har ikki davrasida «Bunyodkor»ni yenggan kamsonli klublardir. Ayni payt oliy liga jamoalari orasida undan kam mag‘lubiyatga uchragan jamoa - «Obod» (20ta mag‘lubiyat). Hozircha elitada eng ko‘p yengilgan klub o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, birinchi ligaga tushib ketgan «Andijon» bo‘lib turibdi (328ta mag‘lubiyat).

Klub|yil

2007

2008

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

Jami:

Paxtakor

-

-

-

-

-

1:2

1:3, 2:3

0:1

1:2

-

5

Lokomotiv

1:2

-

-

-

1:3

-

-

0:3

0:1

-

4

Neftchi

-

1:2

-

-

-

-

-

0:1, 0:2

1:2

-

4

Metallurg

0:1, 1:2

-

-

1:2

-

-

-

-

-

-

3

Nasaf

-

-

-

-

-

0:1

0:2, 1:2

-

-

-

3

Navbahor

-

-

-

0:1

1:2

-

-

-

-

-

2

Olmaliq

-

-

-

-

1:2

1:3

-

-

-

-

2

Qizilqum

-

-

0:1

-

-

-

-

-

-

0:1

2

Buxoro

-

-

-

-

-

-

-

1:2

-

-

1

Dinamo

-

-

-

-

-

-

0:1

-

-

-

1

Mash’al

-

-

-

-

-

-

-

2:3

-

-

1

So‘g‘diyona

-

-

-

-

-

-

-

1:2

-

-

1

Sho‘rtan

-

-

-

0:1

-

-

-

-

-

-

1

Jami:

3

1

1

3

3

3

5

7

3

1

30ta

Eslatma, so‘nggi - 6-tur natijalari inobatga olinmagan

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:35, 17.04.2017.
O'qildi: 5176 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.