«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland «Barselona»ga o‘tmaydi.
ElNacional.cat xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kelasi yozda norvegiyalik futbolchini sotib olish rejalaridan voz kechgan. Bunga sabab — «ko‘k-anorranglilar» «Kamp Nou» stadioni uchun yangi tom qurish rejalari tufayli keyingi ikki yil davomida La Ligada xarajatlar bo‘yicha qo‘shimcha cheklovlarga duch kelishadi. Germaniyalik mutaxassis Xolandning «Barselona»ga transferi uchun zarur mablag‘larni yig‘ishning imkoni yo‘qligini tan olmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Erling Xoland «Manchester Siti» safida barcha turnirlarda 52 ta o‘yin o‘tkazib, ularda 38 ta gol urdi va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.













