Polymarket platformasi 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng «Oltin to‘p» sovrini uchun koeffisiyentlarni yangiladi.
Platforma foydalanuvchilariga ko‘ra, nufuzli sovrinni qo‘lga kiritish uchun asosiy favorit Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal hisoblanadi. Uning g‘olib bo‘lish ehtimoli 51 foizga baholanmoqda.
Ikkinchi o‘rinda Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn joylashgan bo‘lib, uning imkoniyatlari 27 foiz deb baholangan.
Keyingi o‘rinlarni Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi (8 foiz) va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe (4 foiz) egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati finalida Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.













