Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Yillarga beparvo qarab… Futbol ichida 20 yil - tashqi qiyofa o‘sha-o‘sha

Yillarga beparvo qarab… Futbol ichida 20 yil - tashqi qiyofa o‘sha-o‘sha

Baho:
+ | -

Futbol ichida 20 yil - tashqi qiyofa o‘sha-o‘sha. Ha, hayotdagi kabi futbol dunyosida ham yillar o‘tsada, tashqi ko‘rinish bo‘yicha uncha o‘zgarmagan odamlar topiladi, albatta. Jon Terri, Franchesko Totti, Fabio Kapello... To‘g‘ri, har bir inson ulg‘ayib borar ekan, organizmdagi o‘zgarishlar uning qiyofasida ham aks etadi. Ammo bu jarayon har kimda turlicha bo‘ladi: kimdir tezda «qariydi», boshqa birovda o‘zgarish uncha sezilmaydi. 

Jon Terri - «Temir Jon». Ha, Angliyada Terriga bejiz «Temir Jon» ta’rifini berishmagan. Mana, yillar ortidan yillar o‘tyapti, irodasi bukilmas himoyachi esa hamon Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri safida javlon urmoqda. Jon qarimaslikning eng effektli yo‘lini topganday, go‘yo.

Franchesko Totti - «Rim imperatori». Oradan 16 asr o‘tib, Rimda imperator maqomini yana rasman ta’sis etishdi, hisob. Betakror Totti chorak asrki, poytaxt futbolida hukmronlik qilmoqda. Xullas, u boshqaruv muddati masalasida qadim Rimning  ko‘plab yetakchilaridan o‘zib ketdi. Bir qarashda, Franchesko sira o‘zgarmaydigandek. Mangu shaharga mos keluvchi «abadiy» imperator.

Filippo Inzagi - «Pippogol». Inzagi samarali faoliyati davomida 7 marta jamoa almashtirdi. Xususan, «Parma»da ham, «Yuventus» va «Milan»da ham to‘p surdi. Bu vaqtda 2ta holat o‘zgarishsiz qoldi - «Pippogol»ning qiyofasi va  maydonda mudom ochiq zonaga chiqib borishi.

Xavyer Zanetti - «Abadiy neradzurra». Zanetti bir safar shunday degandi: «Sochimga teginadigan kishini aslo yoqtirmayman. Zero, bu shaxsiy hayotimning bir qismi». Hozir ham «Inter» afsonasi va sobiq sardori boshida birorta oq tolani ko‘rmaysiz. Ozgina mubolag‘a bilan aytganda, Zanettining ikki davrda tushgan suratini faqat egnidagi liboslar dizayniga qarab ajratish mumkin.

Diyego Simeone - «Argentina buldogi». Simeone - nafaqat tashqi qiyofa bo‘yicha, balki qalban ham qarimayotman inson. Diyego 90-yillarda maydonda raqiblarini sergak turishga majbur etardi, endi esa uning chetida shogirdlarini tinmay olg‘a undamoqda. Agar vaqt mashinasi ixtiro qilinib, uning yordamida Simeone-murabbiy va Simeone-futbolchi o‘rni almashtirib qo‘yilsa, ko‘pchilik buni sezmasdi, hatto...

Pol Skoulz - «Abadiy malla». Mallasoch bolakay «MYU» mashg‘ulotida ilk marta to‘pga teginganidayoq shotlandiyalik buyuk murabbiy Aleks Fergyuson ro‘parasida noreal iqtidor turganini tushungan ekan. Keyinchalik Pol Skoulz naq 20 yil davomida zargarona diagonal uzatmalarni amalga oshirishdan charchamadi va necha-necha golkiperlar dodini berdi. Uning ijrosidagi takrorlanmas zarbalarni bir eslang...

Fabio Kapello - o‘ta boy murabbiy. Don Fabio qiyofasi o‘zgarmoqda, albatta. Axir u 70 yoshni urib qo‘ydi. Ammo sochiga hali oq oralaganicha yo‘q. Buning siri nima? Omadli faoliyat (20tadan ko‘p sovrin yutgan) va manfaatli shartnomalar (ruslar kelishuvni muddatidan vaqtli bekor qilishgani uchun unga 15 mln. yevro to‘lashdi)mi?

Rivaldo - «Janob bisiklet». Rivaldo futbol o‘ynash asnosida yer yuzini aylanib chiqdi - San-Paulu, Barselona, Toshkent, Angola... Muhimi, deyarli har joyda yorqin iz qoldirdi. Ayniqsa, biseklet (chalqancha usulda zarba) masalasida nom qozondi. Umuman, uni tanib olish mushkulot tug‘dirmaydi - yillar o‘tsada, qiyofasi o‘sha-o‘sha.

Tyerri Anri - egiluvchanlik ramzi. Anri 2012 yili Angliyaga qaytib, «Arsenal» futbolkasida yana gol urgach, «kanonirlar» muxlislari go‘yoki, tarixni varaqlagandek bo‘lishdi. Tyerri keyinchalik  soqolini oldirib tashladi va hozir vaqtida APLdagi eng yaxshi himoyachilarni har tomonga «ag‘darib» yurgan o‘sha yosh yigitchaga ko‘proq o‘xshaydi...

Sergey Semak - olijanob oilaparvar. Shunchaki, tasavvur qiling, Sergey Semak hozirgi soqolini oldirib tashlasa va sochini biroz o‘stirsa, nima bo‘ladi? Deyarli hech narsa - SSKA uchun gollar urgan holatiga qaytadi-qo‘yadi. Ayni paytdagi va Gresiya termasiga qarshi uchrashuvda to‘pni o‘z ustidan oshirib, uzatmani amalga oshirgan o‘sha Semak o‘rtasida esa farq yo‘q, hisobi.

Yuriy Syomin - bosh «temiryo‘lchi». Yuriy Syomin qachon qayerda paydo bo‘lish kerakligini juda yaxshi bilsa kerak. Mana, u 2016 yili yana «Lokomotiv»ga qaytdi. Yana o‘sha qiyofa, faqat g‘oyalar yangi.

Roman Berezovskiy - o‘tkir va tetik ichimlik kabi. Rossiya chempionati tarixidagi bosh faxriylardan biri uyidagi shaxsiy shkafida qandaydir yoshartiruvchi vosita - sehrli eliksir saqlasa kerak. Hattoki, o‘tkirrog‘ini. Roman Berezovskiyning chorak asr davomida yuqori saviyada o‘ynash barobarida bu orada tashqi ko‘rinishini deyarli bir holatda saqlab qolganini boshqacha ta’riflash mumkinmi?

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:17, 19.04.2017.
O'qildi: 6254 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.