Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Dibala ortidan Mbappe va Ronaldu yoxud chorak final faktlari bilan tanishing

Dibala ortidan Mbappe va Ronaldu yoxud chorak final faktlari bilan tanishing

Baho:
+ | -

Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan «Yuventus» - «Barselona» o‘yini (3:0)da Paulo Dibala «dubl» qayd etib, bosh qahramon bo‘lgandi. Ertasiga Kilian Mbappe («Monako») va Krishtianu Ronaldu («Real») ham shunday karomat ko‘rsatishdi. Xullas, 1|4 final doirasidagi dastlabki o‘yinlarning 3tasida chinakam qahramon ko‘zga tashlandi.

*** «Real» himoyachisi Serxio Ramos CHL tarixida 100ta o‘yin marrasiga yetgan 30-futbolchi bo‘lishga yaqin. Ispaniyalik chin sardor «Bavariya»ga qarshi birinchi bahsda to‘liq vaqt harakatlandi. Bu uning uchun asosiy yevrokubok turniridagi 99-uchrashuv edi. Demak, Serxio bugun Madriddagi javob bahsida yubiley - 100-o‘yinini nishonlashi mumkin.

*** «Bavariya» - «Real» o‘yini taqdirini hal qilgan Krishtianu Ronaldu CHLning o‘tgan haftadagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. U maxsus so‘rovda 57 foiz ovoz to‘plab, «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala (33 foiz) va «Monako» «durdona»si Kilian Mbappe (6 foiz)ni ortda qoldirdi.

*** «Atletiko» chorak finalning ilk o‘yinida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. CHL «pley-off» raundlarini hisobga olsak, «matraschilar» shu bilan  o‘z maydonlaridagi ketma-ket 9ta uchrashuvda raqiblarga gol urish imkoniyatini berishmadi.

*** «Monako» yarim himoyachisi Kilian Mbappe CHL tarixida «pley-off» raundlarida «dubl»ga erishgan eng yosh futbolchi maqomini oldi. U Dortmundda «Borussiya» darvozasiga 2ta gol urgancha muxlislar bilan to‘lgan tribunalarni sukut saqlashga majbur etgan oqshom 18 yoshu 133 kunlik edi. Umuman, fransiyalik o‘smir yigit joriy mavsum «Monako» uchun barcha turnirlarda urgan gollari sonini 21ta (34ta o‘yinda)ga yetkazib qo‘ydi.

*** Portugaliyalik 32 yoshli Krishtianu Ronaldu 

Bu hali hammasi emas, davomi bu yerda

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 14:48, 19.04.2017.
O'qildi: 8242 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.