Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Oliy liga: «Lokomotiv» «Paxtakor»ni «Paxtakor»da ikkinchi bor mag‘lub etishga hozirlik ko‘rmoqda

Oliy liga: «Lokomotiv» «Paxtakor»ni «Paxtakor»da ikkinchi bor mag‘lub etishga hozirlik ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

Oliy liganing navbatdagi tur uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Lokomotiv" bu safar "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushadi. "Temiryo‘lchilar" 21 aprel kuni mehmonda "Paxtakor" bilan kuch sinashishadi. "Paxtakor" markaziy stadionida kechadigan bahs 18:00da boshlanadi.

Bu o‘yin "Lokomotiv" uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki Toshkent derbisi maqomiga ega o‘yinda "temiryo‘lchilar" faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga chiqishadi.

"Lokomotiv" o‘tgan yil va undan avvalgi yili safarda "Paxtakor"ga bir xil 1:2 hisobi bilan mag‘lub bo‘lgan. 2014 yilgi mavsumda durang qayd etilgan bo‘lsa, 2013 yil "Loko" safarda 2:1 hisobida zafar quchgan. Va bu g‘alaba "Loko" uchun hozircha yagona bo‘lib turibdi.

Agar "Lokomotiv" juma kuni bo‘ladigan o‘yinda uch ochkoni qo‘lga kiritsa, o‘z tarixida ikkinchi bor mehmonda "Paxtakor"ni mag‘lub etgan bo‘ladi.

Bungacha jamoamiz faqat bir marta - 2013 yil safarda "Paxtakor" ustidan g‘alaba qozongan xolos. Ayni paytda oliy liga turnir jadvalida "Loko" beshta o‘yindan so‘ng 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Paxtakor" esa 7 ochko jamg‘argan va 11-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 16:56, 19.04.2017.
O'qildi: 3877 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик