Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya - Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid - RB Leypsig
21/10 23:59 Inter - Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa - Viking
21/10 23:59 Betis - Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge - Lans
21/10 23:59 Sporting - LASK
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

Flik "Real" futbolchisi Gyuler bilan bog‘liq bahsli vaziyatga munosabat bildirdi

Flik "Real" futbolchisi Gyuler bilan bog‘liq bahsli vaziyatga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya chempionatida "Real" va "Sevilya" o‘rtasidagi uchrashuvda yuz bergan bahsli vaziyatga munosabat bildirdi.

La Liganing 9-turidan o‘rin olgan bahs madridliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Biroq uchrashuvning 25-daqiqasida sodir bo‘lgan epizod muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Maydon markazida "Real" yarim himoyachisi Arda Gyuler "Sevilya" futbolchisi Pekening harakatiga javoban qo‘lini siltab, unga zarba bergan. Vaziyat VAR tomonidan ko‘rib chiqilgan, ammo hakamlar qoidabuzarlik qayd etishmagan.

Mazkur epizod yuzasidan fikri so‘ralgan "Barselona" ustozi batafsil izoh berishni istamadi.

"Bu mening ishim emas", — deya Flikning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Eslatib o‘tamiz, "Real" ushbu bahsda Arda Gyuler, Kilian Mbappening dubl va Diomandening gollari evaziga 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. "Sevilya"ning yagona goliga Bueno mualliflik qildi.

Ispaniya chempionatida to‘qqizta turdan keyin "Barselona" 27 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Real" 21 ochko bilan uchinchi, "Sevilya" esa 14 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 23:03, 19.10.2026.
O'qildi: 3316 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик