"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoani kutib turgan ikkita muhim uchrashuvdan qaysi biri ustuvor ahamiyatga ega ekanini aytdi.
Kataloniyaliklar 20 oktyabr kuni Chempionlar ligasida "PSJ" mehmoni bo‘ladi. Shundan so‘ng esa Ispaniya chempionati doirasida Madridning "Real" klubiga qarshi "El-klasiko"da maydonga tushadi.
O‘yinoldi matbuot anjumanida jurnalistlar Flikdan ushbu ikki bahsning qaysi biri muhimroq ekanini so‘rashdi.
"Ertaga "PSJ"ga qarshi o‘yin muhimroqmi yoki "Real" bilan bo‘ladigan "El-klasiko"mi?" — degan savolga nemis mutaxassis quyidagicha javob berdi:
"Har doim navbatdagi o‘yin eng muhimi hisoblanadi. Shuning uchun hozir biz uchun ertaga "PSJ"ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv birinchi o‘rinda turadi", — dedi Flik.
Eslatib o‘tamiz, "PSJ" va "Barselona" o‘rtasidagi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-tur bahsi 20 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.













