Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Kyoypersning «Barselona» - «Yuventus» o‘yiniga hakam qilib tayinlanishi italiyaliklarni vahimaga solmoqda

Baho:
+ | -

UYEFA Chempionlar ligasining chorakfinal javob o‘yiniga hakamlarni tayinladi.

Xususan, «Barselona» - «Yuventus» o‘yinida gollandiyalik Byorn Kyoypers boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydigan bo‘ldi. Bu yangilik nafaqat «Yuve» muxlislarini, balki butun italiyaliklarni karaxt ahvolga solib qo‘ydi.

Gap shundaki, Kyoypers boshqargan o‘yinlarda «Yuventus» biror marta g‘alaba qozonmagan – 3 durang va 1 mag‘lubiyat. «Barselona» esa gollandiyalik hakamlar ishlagan o‘yinlarda 3 g‘alaba, 3 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan

Allegrining ahvoli esa biroz og‘irroq. Uning boshqaruvidagi «Milan» 2012 yilda «Barselona»ga 1:3 hisobida yutqazib, musobaqani tark etgan. Kyoypers esa bu o‘yinda italiyaliklar darvozasiga 2ta penalti belgilagan.

Shu faktlarga tayanib, Italiyada efirga chiqadigan Sportmediaset dasturi «Yuve» futbolchilarini hushyorlikka chaqirmoqda. Xususan «Kyellini va do‘stlari» jarima maydoni ichida qo‘llarini to‘pdan uzoqroqda tutishini tavsiya qilmoqda.

Manba: barca.ru
Kiritildi: 18:51, 19.04.2017.
O'qildi: 11670 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик