Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

O‘zgarish vaqti yetib kelgandir yohud O‘zbek klublarini hususiylashtirish haqida

O‘zgarish vaqti yetib kelgandir yohud O‘zbek klublarini hususiylashtirish haqida

Baho:
+ | -

O‘tgan hafta tarqagan xabarlar orasida eng katta shov-shuv ko‘targani «Paxtakor» bilan bog‘liq ma’lumotlar bo‘ldi. Shu vaqtga qadar Toshkent shahar hokimiyati tasarrufida bo‘lgan klub nihoyat xususiylashtirilishi haqidagi gaplar hammaning aqlini shoshirishi turgan gap.

Uning ortidan «Paxtakor» stadioni qayta rekonstruksiya bo‘lishi haqidagilari esa yana ham salmoqli. Ammo hozircha bu xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Birinchisi «Paxtakor» matbuot xizmati tomonidan rasman inkor etilgan bo‘lsa, ikkinchisi haqida hozircha munosabat bildirilmadi.

Biroq xalqimizda «Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi», degan naql bor. Shunday ekan, balki «Paxtakor» borasida qandaydir yangilik eshitib qolarmiz?! Lekin hozir aytmoqchi bo‘lganimiz faqat bu klub atrofida bo‘lmaydi.

Hozir o‘zbek futboli shunday holatdaki, o‘zgarishlar qilish vaqti allaqachon kelgan. O‘zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan klublar 25 yil muqaddam qanday ish tutgan bo‘lsa, hozir ham shunday davom etmoqda.

Ularning faoliyati to‘lig‘icha homiylarga qaram. Aytishlaricha, hozirda oliy ligada o‘z kunini ko‘ra oladigan faqat bitta klub bor -  «Obod». qolganlari esa, hatto moliyaviy jihatdan ancha kuchli ko‘ringani ham homiylardan daryo­dek oqib kelayotgan pul o‘zani o‘zgargudek bo‘lsa, yo‘qlik sari singib ketishi turgan gap.

Hozir bu gaplar biroz g‘alati eshitilishi mumkin, biroq bir kun kelib homiylar ham klublarga «eb ketar»ga pul berishdan zerikmasligiga kim kafolat bera oladi? Axir milliardlar havoga uchib ketayotganini hamma ko‘rib turibdi. Klublarimiz OCHLda biror marta g‘olib chiqa olmadi, milliy terma jamoa esa JCHda ishtirok etmadi. Shunday ekan, bu holat qachongacha davom etadi?

Hozir o‘zbek futboli oldida uchta yo‘l bor. Birinchisi, hech narsani o‘zgartirmay xuddi shu taxlit davom etish. Biroq bu yo‘l allaqachon eskirgan va besamar ekanini ko‘rib turibmiz. Albatta, mana shu tizimni isloh qilib, yangicha yo‘nalishda davom ettirish mumkin. Bunisi endi ikkinchi yo‘l bo‘ladi.

Avval ham aytganmiz, PFL ishini takomillashtirib, homiylardan tushayotgan mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri klublar ixtiyoriga o‘tmasdan, umumiy qozonga tashlanib, keyin oliy va birinchi liga jamoalari o‘rtasida teng taqsimlanishi adolatdan bo‘lar edi.

Bunday holatda mablag‘ning yarmini yoki bir qismini chempionatda egallagan o‘rniga qarab mukofot tarzida taqsimlash ham mumkin. Bu esa sport prinsiplari ortishiga sabab bo‘lar edi. Modomiki, chempion bo‘lgan jamoa moliyaviy jihatdan hech qanday rag‘bat olmas ekan, bu chempionatni qanday qilib professional, deb atash mumkin?

Hozir qaysidir klub boy homiyga ega va hech qiynalmay milliardlarni sarflamoqda. Boshqalari esa ovqat pulini ham tushira olmay halak bo‘lib yuribdi.  Endi o‘ylab ko‘ring, mana shu tizim davom etaverishi futbolimiz rivojiga xizmat qiladimi?

Homiylar berayotgan pul ayrim ta’magirlar tasarrufiga o‘tib qolayotgani haqida ham eshitib turamiz. Toki o‘sha pullarning hisobini so‘raydigan odam topilmas ekan, bu holat davom etaversa kerak. Hisobotni esa pulni o‘z cho‘ntagidan chiqarayotgan odamdan yaxshiroq hech kim uddalay olmaydi. Aynan shu faktor o‘z-o‘zidan uchinchi taklifni keltirib chiqaradi.

O‘zbek futbolida klublarni xususiylashtirish yo‘liga o‘tish vaqti keldimi?

Bu haqda bilmoqchi bo‘lsangiz maqola davomiga o‘ting. Davomi

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 23:58, 21.04.2017.
O'qildi: 10126 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.