Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Oliy liga 7-tur. "Navbahor" kichik hisobda "Sho‘rtan"ni mag‘lub etdi

Oliy liga 7-tur. "Navbahor" kichik hisobda "Sho‘rtan"ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Oliy liganing 7- turida “Navbahor” o‘z maydonida G‘uzorning “Sho‘rtan” klubini qabul qildi.

Birinchi bo‘lim mezbonlarning ustunligida o‘tdi. 33-daqiqada Taran yaqin masofadan gol urolmaganini inobatga olmaganda, "Sho‘rtan" darvoza oldida xavfli vaziyatlarni yarata olmadi.

Namanganliklardan Nemanya Yovanovichning "ikkinchi qavat"dagi faolligi, Mirzohid G‘ofurovning o‘ng qanotdan katta tezlikda oldinga o‘tishi, Ahmedovning kuchli zarbalari mehmonlarni xavotirlanishiga sabab bo‘ldi. Ammo bellashuvning birinchi yarmida o‘yingohga yig‘ilgan tomoshabinlar gol ko‘rishmadi.

Tanaffusdan so‘ng "Sho‘rtan" o‘yinida biroz ijobiy o‘zgarish bo‘ldi. Ammo darvozabon va himoyachilarning ishonchli o‘yini raqibga gol urish uchun imkon qoldirmadi.

57-daqiqada Yovanovich hisobni ochishga yaqin kelgandi. Nemanyaning chalqancha usulda yo‘llagan zarbasini Tojiboyev bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 10 daqiqa o‘tgach unda yana qulay imkoniyat vujudga kelgandi, biroq yana omad undan yuz o‘girdi.

Uchrashuv yakunlanishiga 12 daqiqa qolganida mezbonlar o‘z maqsadiga erishdi. "Navbahor" jarima to‘pi ishladi. Oybek Qilichev standart vaziyatdan unumli foydalanib, uchrashuvda hisobni ochdi.
Shu tariqa uchrashuvdagi yagona gol "navbahorchilar"ga uch ochkoni taqdim qildi.

Oliy liga, 7-tur
22 aprel. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh.
“Navbahor” – “Sho‘rtan” – 1:0 (0:0)
Gol: O. Qilichev (78).
Hakamlar: I. Tantashev, X. Shodmonov, A. Qo‘ldoshev, D. Jalimov.
Nazoratchi – A. Abdullayev.
"Navbahor": 30. Asilbek Amanov, 4. Abbos Otaxonov (77.Aziz Turg‘unboyev, 46, 10. Mansur Saidov, 63), 5. G‘iyos Komilov, 7. Oybek Qilichev, 9. Dilshod Jabborov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev, 22. Ro‘zimboy Ahmedov (33. Tohir Shamshitdinov, 81), 32. Jahongir Mehmonov, 44. Darko Stanoyevich, 84. Nemanya Yovanovich.
“Sho‘rtan”: 1. Eldor Tojiboyev, 3. Aziz G‘ulomxo‘jayev (29. Qadamboy Nurmetov, 81), 9. Igor Taran (10. Oleksandr Pishur, 83), 11. Zafar Polvonov, 14. Umarbek Eshmurodov, 15. Obid Jo‘raboyev, 18. Eldor Boymatov, 19. Ma’rufxon Murodov (17. G‘ulom Rahmonov, 65), 22. Siroj Xamroyev, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 77. Otabek Narzullayev.
Ogohlantirishlar: A. Otaxonov (29) - S. Hamroyev (7), O. Jo‘raboyev (45+2).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:04, 22.04.2017.
O'qildi: 3941 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик