Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Sky Sports: Vinisius «Real»da qoladi, klub uni «Arsenal»ga sotmaydi

Sky Sports: Vinisius «Real»da qoladi, klub uni «Arsenal»ga sotmaydi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior yozgi transfer oynasi yakunlanganidan keyin ham jamoada qoladi. «Qaymoqranglilar» 26 yoshli vingerni sotish niyatida emas va uning 2027 yil yoziga qadar amal qiladigan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘lishiga ishonmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Qirollik klubi» «Arsenal»ning qiziqishiga qaramay, Vinisiusni saqlab qolishiga ishonmoqda. Shu hafta «Real» rahbariyati va futbolchining vakillari o‘rtasida uning kelajagi bo‘yicha yangi muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Ispaniya grandi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Vinisiusni yuqori baholaydi va uning jamoada qolishini istamoqda.

O‘tgan mavsumda Vinisius barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchining bozor qiymati 140 million yevroga baholanmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:12, 28.07.2026.
O'qildi: 1669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик