Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Sergey Lushchan: “Yo‘qotadigan narsamiz qolmadi”

Sergey Lushchan: “Yo‘qotadigan narsamiz qolmadi”

Baho:
+ | -

"Bunyodkor” – “Al-Ahli” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida “qaldirg‘ochlar” ustozi Sergey Lushchan va yarimhimoyachi Davronbek Umirov ishtirok etdi.

- Yo‘qotadigan narsamiz yo‘q. Shunday ekan, ertaga shogirdlarimdan sifatli, mazmunli va chiroyli futbol kutyapman. Ular yaxshi o‘ynashga qodir va buni uddalaydilar, degan umiddaman. Tarkib borasida ba’zi muammolar bor. Har qanday holatda ham g‘alaba uchun maydonga tushamiz va bahsga tayyormiz. Raqib kuchli, bizda esa yoshlar ko‘p. Balki “Bunyodkor” Chempionlar ligasining nafaqat bu yilgi, balki turnir tarixidagi eng yosh jamoasidir. Yosh futbolchilarimiz bunday nufuzli turnir orqali ulkan tajribaga ega bo‘lib borishmoqda. Hozirgi kunda 60ga yaqin tarbiyalanuvchilarimiz turli xil jamoalarda ijara asosida to‘p tepishmoqda. Tasavvur qiling, uch yildan keyin ularning soni yana qanchaga oshadi. G‘alabaga tashnalik borasida hammasi joyida, deb o‘ylayman. Umid qilamanki, ertaga muxlislarimizni xursand qilamiz, - dedi Sergey Lushchan.

- Bizga murabbiylar tomonidan yetarlicha imkoniyatlar berilmoqda. Ulardan oqilona foydalanib, tarkibdan muqim joy egallashga va yaxshi o‘yinlarimiz bilan muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz qolmagan bo‘lsa-da, kuchli raqibni yengishga harakat qilamiz, - dedi Davronbek Umirov.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 14:12, 23.04.2017.
O'qildi: 4573 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик