Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Zidanning «Real»ini mag‘lub etish nega bunchalik qiyin?

Zidanning «Real»ini mag‘lub etish nega bunchalik qiyin?

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsumda «Real» Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida «Roma», «Volfsburg» va «Manchester Siti»ni mag‘lub etib Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l olgan edi. Bu yo‘l «Real» uchun juda oson bo‘lgan edi deyish qiyin, biroq raqiblarning birortasi Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatli tarixi bilan maqtana olmasdi. Hatta bu «Real»ning musobaqadagi 11-g‘alabasi ahamiyatini pasaytirishga uringanlarning asosiy qurollaridan biriga aylandi.

Joriy mavsumdagi chorak finalda esa «Bavariya»ni mag‘lub etgan madridliklar bunday ayblovlardan o‘zini himoyalashga ulgurdi. Biroq bu natija chetga surib qo‘yilgan taqdirda ham Zidan jamoasi katta to‘qnashuvlarda doim o‘zini ko‘rsata olishini tushunish qiyin emas.

Albatta, bu «Real» ochko ham yo‘qotgan, mag‘lub ham bo‘lgan. Biroq hech qachon yirik hisobda yutqazmagan. Rasmiy musobaqalarda Zidanning «Real»ini ikki to‘p farqi bilan yuta olgan yagona jamoa «Volfsburg» bo‘lib turibdi (0:2). Luis Enrikening «Barsa»si esa bu vaqt ichida faqatgina Chempionlar Ligasida «Manchester Siti»ga 1:3, «PSJ»ga 0:4 va «Yuventus»ga 0:3 hisobida yutqazishga ulgurdi.

«Real» yirik hisobda yutqazmayapti, biroq teskarisi ham emas. Bu esa uni topishmoq jamoaga aylantiryapti. «Barsa»ga qarshi o‘yinning oxirida Serxio Ramos tomindan urilgan gol jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan edi. «Napoli»ga qarshi ikkala o‘yinda ham yakuniy natija 3:1 ko‘rinishini olgan bo‘lsa ham, italyanlar «Real»ni rosa qiynagandi. «Bavariya»ga qarshi o‘yinlarda ham shunday bo‘ldi.

E’tibor qaratilsa, bu «Real» katta to‘qnashuvlarda hech qachon yaqqol ustunlikka ega bo‘lmagan, biroq aksariyat hollarda natija ularning foydasiga yakunlangan. Ba’zilar buni Zidanning omadiga yo‘ysa, boshqalar hakamlar xatolarini ko‘rsatadi. Aslida esa madridliklar o‘yinidagi ba’zi kichik detallar yakuniy natija aynan «Real» foydasiga bo‘lishini ta’minlayapti.

O‘yinlarda jamoalardan birining yaqqol ustunligi ko‘rilmaganda aynan kichik detallar katta sahnaga chiqadi va natijaga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, standartlar – «Barsa» va «Napoli» aynan shunday vaziyatlar qurboni bo‘lgandi. «Real» hozirda standartlardan foydalanish bo‘yicha Yevropadagi eng katta samaradorlik ko‘rsatayotgan jamaolardandir va bu shunchaki tasodif bo‘lishi mumkin emas.

Bunda to‘pni oshirib beruvchi Kroosning mahoratini e’tirof etgan holda bosh bilan o‘ynay oladigan futbolchilar ko‘pligini (Ramos, Ronaldo, Beyl, Kazemiro, Pepe, Varan…) esdan chiqarmaymiz. Ammo bu hali hammasi emas. Ba’zi futbolchilar jarima maydonchasida bunga sharoit tayyorlash bo‘yicha mutaxassisga aylangan. Basketbolda bo‘lgani kabi ular raqibning yo‘lini to‘sib, boshqa sheriklari ochilishiga imkon yaratadi. Aynan standartlar tufayli natijaga erishilgan o‘yinlar soniga e’tibor qaratilsa, bu «Real»ga anchagina ochko ishlab berganini ko‘rish mumkin.

Yana bir e’tiborli jihat – himoyadan hujumga o‘tish mahorati. Katta to‘qnashuvlarda ko‘pincha himoyaning hujumdan ustunligi ko‘rinadi, demak faqatgina tezkor o‘yinga qurilgan hujum bilan muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Madridliklar buni yaxshi tushunishi aniq. Jamoa hujumchilarining mahorati evaziga qarshi hujumda o‘ta xavfli ekanligi bilan birga aynan qarshi hujumning qurilishi buning asosini tashkil etadi.

Bunda albatta Toni Kroos va Luka Modrichning xizmatlari katta. Bu ikki futbolchi kamdan-kam chiziqlar orasida va raqibga pressing paytida paydo bo‘ladi. Ular ko‘pincha Kazemironing oldida qolib, to‘pning to‘g‘ri yo‘nalishga borishini nazorat qiladi. Natijada «Real» to‘pni yo‘qotgan vaziyatda sarosimaga tushmaydi, zero orqada besh futbolchi turgan bo‘ladi (ikki markaziy himoyachi va uch yarim himoyachi).

Besh kishi bo‘lib himoyalanish besh kishi bo‘lib hujum qilishni ham taqozo etadi. Aslida bu yo‘sinda raqib himoyasini yorib o‘tish oson emas. Biroq bu beshlik Ronaldu, Beyl, Benzema, Marselo va Karvaxaldan iborat bo‘lsa, vaziayt o‘zgaradi. Ko‘pincha bir qanotdagi ikki futbolchi xavf yaratish uchun yetarli bo‘ladi. Buning imkoni bo‘lmaganda esa Modrich yoki Kroosga qaytarilgan to‘p qarama-qarshi qanotga osonlik bilan o‘tib, hujum davom etadi. Natijada «Real» o‘yinida juda ko‘p qanotda oshirilgan top’larni ko‘ramiz. Ronaldu, Beyl va yana Morata singari hujumchilar bunday imkoniyatlarni ko‘kka sovurmasligi tabiiy.

Zidan hozirda aynan qo‘l ostidagi futbolchilardan to‘g‘ri foydalanish hisobiga muvaffaqiaytga erishmoqda. Alohida futbolchilarning mahorati va hozirgi formasi evaziga jamoa xavf yaratish uchun o‘zi xavfda qolib ketmaydi. Bunday vaziyatlarni ko‘paytirish uchun «Real» raqibdan to‘pni olib qo‘yishga katta e’tibor qaratib, ularni yakunlashda hujumchilarinign mahoratiga tayanmoqda. «El Klasiko»da ham bu ish berarmikan? Ko‘ramiz.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 19:23, 23.04.2017.
O'qildi: 33248 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.