Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

OCHL–2017. “Lokomotiv” – “Al-Tavun” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

OCHL–2017. “Lokomotiv” – “Al-Tavun” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhi 5-turidan o‘rin olgan Toshkentning “Lokomotiv” va Saudiya Arabistonining “Al-Tavun” klublari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanning birinchi qismida saudiyaliklar bosh murabbiyi Joze Manuel Gomesh ishtirok etdi.

“Ertangi o‘yin guruhdan chiqishimiz uchun so‘nggi imkoniyat bo‘ladi. Guruhdagi vaziyat juda qiyin. Agar o‘z imkoniyatlarimizni ishga solsak, oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalay olamiz. “Lokomotiv” ishtirokidagi so‘nggi 3 o‘yinni kuzatdik. Alohida bir futbolchini ajratmagan bo‘lardim, raqib barcha chiziqlarni agressiv o‘yin namoyish qiladi.

Bo‘lajak o‘yinni birinchi turda bo‘lib o‘tgan uchrashuvga qiyoslash qiyin. “Al-Tavun”da yaqinda ish boshladim. Bitta narsani ayta olaman: katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi, biz o‘yin uslubimizni biroz o‘zgartiramiz”, – dedi Joze Manuel Gomesh.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Lokomotiv” ustozi Andrey Miklyayev va yarim himoyachi Sardor Mirzayev ishtirok etdi.

“Biz uchun ham ertangi o‘yin guruhdan chiqishga so‘nggi imkoniyat. Raqib buni yaxshi tushunib turibdi. Tarkibda yo‘qotishlar bor — Salamat Qutiboyev. Muhammad Koneda esa yengil jarohat mavjud. Oxirgi ikki o‘yindan buyon u individual tarzda mashg‘ulotlar o‘tamoqda. Futbolchilarning jismoniy holati yaxshi. Ertaga muxlislarning daldasi bizga yo‘l kelgan bo‘lardi”, – dedi “temiryo‘lchilar” ustozi.

“Al-Tavun”ga qarshi o‘yin qiziqarli va shu bilan birga qiyin kechadi. OCHLdagi so‘nggi ikki o‘yinim o‘xshamadi. O‘z ustimda ishladim va sifatli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilaman”, – dedi Sardor Mirzayev.

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Al-Tavun” uchrashuvi ertaga, 25 aprel kuni TTZ mavzesidagi “Lokomotiv” stadionida, soat 17:00 da start oladi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 14:33, 24.04.2017.
O'qildi: 6170 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик