Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“Lokomotiv” stadionida “Al Taavon”ga qarshi o‘yindan oldin rasmiy tadbirlar tashkil etildi

“Lokomotiv” stadionida “Al Taavon”ga qarshi o‘yindan oldin rasmiy tadbirlar tashkil etildi

Baho:
+ | -

25 aprel kuni “Lokomotiv” o‘z maydonida Saudiya Arabistonining “Al Taavon” klubiga qarshi bahs olib boradi. Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan bahsda “Lokomotiv” faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga chiqadi.

Bugun “Lokomotiv” stadionida mazkur bellashuv oldidan an’anaviy rasmiy tadbirlar tashkil qilindi. Dastlab uchrashuv rasmiylari hamda ikkala jamoa vakillari ishtirokida miting o‘tkazildi. Bunda bir qator tashkiliy masalalarga oydinlik kiritildi. Shuningdek, ertangi o‘yinda kimning qaysi libosda to‘p tepishi aniqlab olindi.

Demak, ertaga “Lokomotiv” qizil, “Al Taavon” esa sariq rangli futbolkalarda to‘p tepadi. TTZdagi “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs soat 17:00da start oladi. Bugun kechki payt ikkala jamoa ham o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazadi. “Al Taavon”ning mashg‘uloti 17:00da boshlanib bir soat davom etadi. Soat 18:15dan boshlab esa “Loko” futbolchilari mashg‘ulotni boshlashadi.

Bugun shuningdek, o‘yinoldi matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tdi. Dastlab savollarga “Al Taavon” bosh murabbiyi Jezo Manuel Gomesh javob qaytardi.

“Ertangi bahs biz uchun guruhdan chiqishga oxirgi imkoniyat hisoblanadi. Ayni paytga kelib guruhda murakkab vaziyat yuzaga kelgan va kimlarning chiqishini oldindan aytish qiyin. Agar o‘ylagan rejalarimiz amalga oshsa, hammasi yaxshi bo‘ladi”.

“Biz “Lokomotiv” ishtirokidagi uchta o‘yinni o‘rganib chiqdik. Tarkibdagi futbolchilarni alohida o‘rganmadik, balki raqibning jamoaviy o‘yiniga e’tibor qaratdik. Shuni aytishim mumkin, “Lokomotiv” barcha chiziqlarda tezkor va astoydil kurash olib boradi”.

“Ertangi bellashuvni Saudiyada kechgan 1-tur o‘yini bilan taqqoslash kerak emas. Chunki hamma o‘yin bir-biridan farq qiladi. Mening bu jamoada ish boshlaganimda endi bir oydan oshdi va jamoada katta o‘zgarishlarni amalga oshirganim yo‘q. Saudiya klublari doim O‘zbekiston jamoalariga qarshi yaxshi o‘yin namoyish etishadi. Buning aniq sababini bilmayman, faqat shuni ayta olamanki, Saudiya Arabistonida futbolni juda sevishadi va stadionlarga ham ko‘p odam keladi”, – deya aytib o‘tdi “Al Taavon”ning portugaliyalik murabbiyi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “temiryo‘lchilar” bosh murabbiyi Andrey Miklyayev va jamoa yarim himoyachisi Sardor Mirzayev savollarga javob qaytarishdi.

Andrey Miklyayev: – “Ertaga biz uchun ham guruhdan chiqishga oxirgi imkoniyat va g‘alaba qozonib bu imkoniyatdan foydalanishga harakat qilamiz. Afsuski, bizda yo‘qotish bor, bu – Salamat Qutiboyev. Bundan tashqari, himoyachimiz Muhammad Koneni ham “Paxtakolr” bilan o‘yindan keyin jarohat bezovta qilmoqda”.

“Ertangi o‘yindan umidimiz katta. G‘alaba qozonib o‘z muxlislarimizni xursand qilishni xohlaymiz. Qolaversa, stadionga kelgan ishqibozlarning olqishlab turishi bizga katta madad beradi”, – deya aytib o‘tdi Andrey Gennadyevich.

Sardor Mirzayev: – “Ertaga bizni qiziqarli, shu bilan birga qiyin uchrashuv kutib turibdi. Bu o‘yinda bizga g‘alaba nihoyatda zarur va buning uchun bor kuch bilan harakat qilamiz. To‘g‘ri, chempionlar ligasining oxirgi bahslarida o‘zimni ko‘rsata olmayapman, lekin ertaga yanada yaxshi o‘ynashga harakat qilaman”.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 17:11, 24.04.2017.
O'qildi: 4266 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.