Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Farg‘onada velosportning shosse yo‘nalishida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada velosportning shosse yo‘nalishida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Farg‘ona viloyatida velosportning shosse yo‘nalishida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun munosib o‘rinbosar sportchilarni saralab olish va iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan musobaqalar yuqori darajada va keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ko‘plab sportchilar ishtirok etdilar.

Musobaqaning birinchi bosqichi 20 kilometr masofaga poyga tarzida o‘tkazildi. Dilmurod Siddiqov ushbu masofada marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tgan bo‘lsa, Murodjon Xolmurodov ikkinchi, Roman Shukurov uchinchi o‘rinni egallashdi.

100 kilometr masofaga o‘tkazilgan ikkinchi bosqichda Doston Ollomov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ruslan Karimov ikkinchi, Akrom Sunnatov uchinchi o‘rin bilan cheklanishdi.

E’tiborlisi Doston Ollomov shuningdek, uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarda ham tengsiz ekanligini isbotlab O‘zbekiston chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. 132 kilometr masofani qamrab olgan uchinchi bosqichda Doston aytib o‘tganimizdek, marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarni Ruslan Karimov va Akrom Sunnatovlar egallashdi.

Va nihoyat, so‘nggi to‘rtinchi bosqich 30 aylanalik (70 kilometr masofaga) poygalar bo‘yicha tashkil etildi. Ushbu masofada g‘olib va sovrindorlar quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:

1-o‘rin. Doston Ollomov (O‘zbekiston chempioni)
2-o‘rin. Ruslan Karimov
3-o‘rin. Akrom Sunnatov

Musobaqalar ko‘tarinki ruxda o‘tkazilib, yakunda g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ma’lumot uchun, 26 apreldan Namanganda velotrek bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi. 30 aprelga qadar davom etadigan musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan sportchilar ishtirok etishadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:28, 27.04.2017.
O'qildi: 3437 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик