«Real» hujumchisi Alvaro Morata yozda «Yuventus»ga qaytishi mumkin.
Tuttosport xabariga ko‘ra, turinliklar 2014-2016 yillarda o‘z safida to‘p surgan ispaniyalik futbolchini orqaga qaytarish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi 2016 yilda «Real»ga 30 mln yevro evaziga o‘tgan edi. Ayni paytda u jamoaning asosiy tarkibidan joy ololmadi va asosan zaxiradan maydonga tushirilmoqda.