Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Birinchi liga. "NBU-Osiyo" – "Sementchi" (prevyu)

Birinchi liga. "NBU-Osiyo" – "Sementchi" (prevyu)

Baho:
+ | -

Birinchi liga 7-turida "Sementchi" Toshkentda "NBU-Osiyo" jamoasi mehmoni bo‘ladi.

NBU-Osiyo jamoasi birinchi liganing eng tajribali jamoalardan biri xisoblanadi. Jamoa ilk bor 2000 yil tashkil etilib, 2001 yildan birinchi liga musobaqalaridagi ishtirokini boshlagan. E’tiborlisi shundaki jamoani 2000-2003 yillarda birinchi murabbiyi juda tajribali va O‘zbekistonda eng taniqli murabbiylardan biri Vadim Abramov boshqargan. Umuman olganda ushbu jamoani turli yillarda ancha tajribali va taniqli murabbiylar boshqarganligini ko‘rishimiz mumkin. Abramovdan tashqari jamoada keyingi yillarda Ilxom Mo‘minjonov, Muxtor Qurbonov, Ja’far Irismetov va Ravshan Bozorov singari mutaxasislar murabbiy bo‘lib faoliyat ko‘rsatganlar.

Jamoaning yana bir xolatiga aloxida etiboringizni qaratgan bo‘lardim. “NBU-Osiyo” jamoasi tashkil etilgan yildan shu kungacha ya’ni 16 yil uzuliksiz O‘zbekiston birinchiligi, birinchi liga musobaqalarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.

“NBU-Osiyo” jamoasining eng yaxshi ko‘rsatkichi 2003, 2004, 2012 yillarda - 3-o‘rin.

“NBU-Osiyo” jamoasi bilan “Sementchi” qayta tuzilgandan so‘ng to‘rt marta to‘qnash kelgan. Uchrashuvlarning 1 tasida bankchilar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 marotaba Sementchi ustun kelgan. Bir uchrashuvda durrang qayt etilgan. To‘plar nisbati 4:2 kichik ustunlik quvasoyliklarda.

2015 yil 14 aprel

“NBU-Osiyo”- “Sementchi” 1:0

2015 yil 2 iyul

“Sementchi” – “NBU-Osiyo” 1:1

2016 yil 17 iyul

O‘zbekiston birinchiligi 16-tur

“Sementchi” – “NBU-Osiyo” 1:0

Gol: Raxmatillo Meliboyev (66)

2016 yil 20 avgust.

O‘zbekiston birinchiligi 21-tur

“NBU-Osiyo” – “Sementchi” 0-2

Gollar: Sardor Sotvoldiyev (65), Davron Isoqov (85)

 

“NBU-Osiyo” bu yilgi birinchi liga baxslarida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib 3 ta galaba 2 ta mag‘lubiyat bilan raqiblar darvozasiga 10 ta to‘p kiritib o‘z darvozalaridan 8 ta to‘p olib chiqqan, to‘plar nisbati +2. Musobaqa jadvalida esa 9 ochko bilan 8-pog‘onani egallab turibdi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar:

2-tur “NBU-Osiyo” - “Yangiyer” 2-1

3-tur “NBU-Osiyo” - “Zomin” 1-3

4-tur “NBU-Osiyo” - “G‘allakor” 3-0

5-tur “Xotira- 79” – “NBU-Osiyo” 2-3

6-tur “Lokomotiv BFK” – “NBU-Osiyo” 2-1

Jamoa Xomiysi - O‘zbekiston Milliy Banki (NBU)

Jamoa bosh murabbiyi – Rufat Akramxo‘jayev

“Bankirlar”ni bu yilgi mavsumga ham Rufat Akramxo‘jayev tayyorladi. Asosiy e’tiborni yoshlarni tarbiyalashga qaratadigan mutaxassis yodingizda bo‘lsa, 2015 yili jamoani qabul qilib olgandi. Dastlabki yil u yomon natija qayd etgani yo‘q deyish mumkin. Akramxo‘jayevga Rustam Oripov yaqindan yordam berib kelmoqda. Shuningdek “Andijon”dagi o‘yinlari orqali muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Ikrom Ibragimovni ham aytish lozim. Rufat Akramxo‘jayev boshqaruvni o‘z qo‘liga olgach, cho‘chimasdan bir qator yoshlarni asosiy tarkibga jalb etdi. Natijada yangi nomlar chiqa boshladi. Abbos Po‘latov, Mirshohid Olimov, Ahmadillo Nazarov, Orif Abdug‘aniyev, Sarvar Safarov hamda Muhammadjon Sultonov.

Ushbu mavsum boshidan Akramxo‘jayev o‘z a’nanasiga sodiq qolgan xolda yana tarkibni deyarli yosh iqtidor egalari xisobiga yangiladi.

Yangilangan tarkibda o‘tgan mavsumda jamoa tarkibida xarakatlangan Orifxo‘ja Abduxoliqov, Soyib Safarov, Orifjon Abdug‘aniyevlarni ko‘rishimiz mumkin xolos.

“Bankirlar” ustozining bu safar xam tarkib borasidagi qarorlari o‘zini oqlamoqda. Jamoa o‘tgan 5 ta uchrashuvdan 3 tasini o‘z foydasiga yakunlay oldilar. To‘purarlik bobida xam futbolchi Orifxo‘ja Abduxoliqov bir uchrashuvda 3 ta to‘p kiritib xetrik qayt etishga xam ulgurganini aloxida qayt etishimiz mumkin.

Jamoaning maqsadi: - jamoaning oldiga elitaga chiqish vazifasi qo‘yilmasada, lekin ko‘plab futbolchilar uchun oliy ligaga o‘tish uchun o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tab berish, yani o‘yinchilarni Oliy liga jamoalariga yetkazishdan iborat.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:37, 29.04.2017.
O'qildi: 2440 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик